XONQA TUMANI

XONQA TUMANI, Xorazm viloyatidatn tuman. 1926-y. 29 sent. da tashkil etilgan. 1962-y. 24 dek. da Yangiariqtumanigaqoʻshilgan. 1973-y. 26dek. da qayta tuzilgan. Tuman viloyatning shim. gʻarbiy va gʻarbiy qismida Urganch tumani, jan. gʻarbda Xiva va Yangiariq tumanlari, jan. va jan. sharqda Bogʻot tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 0,43 ming km2. Aholisi 137,5 ming kishi (2004) . Tumanda 1 shaharcha (Xonqa), 10 tuman fuqarolari yigʻini (Amudaryo, Jirmiz, Madir, Navxos, Namuna, Olaja, Sarapoyon, Tomadurgʻodik, Qirqyop, Qoraqosh) bor. Markazi — Xonqa shaharchasi.

Tabiati. Tuman hududi Amudaryoning chap sohilidagi pasttekislikda joylashgan, oʻrtacha bal. 100 m. Bu joylar Amudaryoning qad. deltasi boʻlib, hoz. ham oʻzanini oʻzgartirib turadigan juda koʻp daryo tarmoqlari mavjud. Iqlimi keskin kontinental, qishi sovuq. Arktika havosi kirib kelganda, tra keskin pasayib ketadi. Yillik oʻrtacha tra 11°, yanv. ning oʻrtacha trasi —5,1°, iyulniki 27,3°. Eng yuqori tra 43°, eng past tra —32°. Vegetatsiya davri 201 kun. Yiliga oʻrtacha 80—100 mm yogʻin tushadi. Tumanning yonidan Amudaryo, tuman hududidan Shovot, Polvonyop, Kulobod, Xonqaarna, Urgancharna, Olaja va b. magistral kanal va ariklar oqib oʻtadi. Tuprogʻi serunum, daryo oqizib keltirgan qum va gildan paydo boʻlgan allyuvial, choʻlqum oʻtloqi, oʻtloqibotqoq tuproqlar tashkil etadi. Yovvoyi oʻsimliklardan chiy, qamish, qoʻgʻa, qoʻytikan, roʻvak, bugʻdoyiq, ajriq, yantoq, qorabaroq, oqbosh, shoʻra, pechakoʻt, yulgʻun, turangʻil, terak, tol, jiyda va b. oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan boʻrsiq, yumronqoziq, quyon, chiyaboʻri, toshbaqa, kaltakesaklar; qushlardan bir necha xil oʻrdak, kulrang gʻoz, qoʻton, birqozon, inuya, moʻylovli chittak, dehqon chumchuq, oq qanotli qizilishton, sassiqpopishak, zargʻaldoq, tustovuq va b. koʻp. Baliqlardan oq amur, doʻng peshona, karp, sazan, laqqabaliq va b. bor.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, qoraqalpoq, rus, turkman, tatar va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 319,8 kishi (2004). Shahar aholisi 33,6 ming kishi, qishloq aholisi 103,9 ming kishi (2004).

Xoʻjaligi. Tuman iqtisodiyoti, asosan, q. x. ishlab chiqarishiga ixtisoslashgan. Paxtachilik, gʻallachilik, chorvachilik, ipakchilik, sabzavotchilik, polizchilik, bogʻdorchilik rivojlangan. Xonqa qad. dan kulolchilik buyumlari bilan mashhur. R. Matchonovlar yaratgan kulollik buyumlari xorij muzeylarida namoyish etilmoqda. Tumanda yirik, oʻrta, kichik korxona va mikrofirmalar faoliyat koʻrsatadi. Paxta tozalash, gʻisht zavodlari, «Xonqaguruch», don mahsulotlari ktlari, MTP, qurilish tashkilotlari, avtokorxona va b. ishlab turibdi. Oʻzbekiston—Italiya «Meva» konservalash qoʻshma korxonasi faoliyat koʻrsatadi. Dehqon bozori, 250 savdo, 228 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor.

Xonqa tumanida 9 shirkat, 400 dan ziyod fermer xoʻjaligi, ijara xoʻjaligi mavjud. Umumiy ekin mayd. 24,7 ming ga, shundan 10,4 ming ga yerga paxta, 9,7 ming ga yerga don, 342 ga yerga kartoshka, 987 ga yerga sabzavot ekinlari ekiladi (2004). Shuningdek, poliz mahsulotlari, yemxashak ham yetishtiriladi. Tumanning Navxos qishlogʻida Oʻzbekiston FA ga qarashli paxtachilik tajriba dalasi mavjud. Jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarda 60,4 ming qoramol (shu jumladan, 22,6 ming sigir), 17 ming qoʻy va echki, 140 mingdan ziyod parranda boqiladi (2004).

2003/04 oʻquv yilida 51 umumiy taʼlim maktabida 34,2 mingdan ziyod oʻquvchi taʼlim oldi. 4 kasb-hunar kolleji, 3 iqtidorli bolalar maktabi ishlab turibdi (2004). Markaziy kutubxona va uning tarmoqlari (31 mingdan ziyod asar), 13 madaniyat uyi, «Jayxun» qoʻgʻirchoq teatri, «Dilorom», «Sarapoyon gullari» ashula va raqs dastalari, oʻlkashunoslik muzeyi faoliyat koʻrsatadi. Madaniyat va istirohat bogʻi, Alisher Navoiy xotirasiga bagʻishlangan adabiyot bogʻmuzeyi bor. Stadion, 38 sport zali, futbol, voleybol, basketbol maydonlari va b. sport inshootlari mavjud. 2 kasalxona (470 oʻrin), tugʻruqxona, 2 tish davolash, kattalar poliklinikalari, 20 feldsherakusherlik punkta, 3 qishloq ambulatoriyasi, 13 qishloq vrachlik punkti, dorixonalar va b. tibbiy muassasalarda 270 vrach, 1019 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi (2004). «Xonqa» va «Avtomobilchi» sanatoriylari bor.

Tuman hududidan Urganch — Toshkent avtomobil trakti, Toshkent — Urganch — Volgograd — Moskva xalqaro t. y. oʻtgan. Xonqadan Urganch, Bogʻot, Hazorasp, Toʻrtkoʻl va b. shaxar va aholi punktlariga avtobus va marshrutli taksilar qatnaydi. Meʼmoriy yodgorliklaridan Sayd ota masjidi va maqbarasi, Gavdonboy uyi (1910—14 y. lar; 1994-y. da taʼmirlangan) saklangan. 1931-y. dan «Xonqa hayoti» (avvalgi nomlari «Qurilish», «Mashʼal») tuman gaz. nashr etiladi (adadi 1000).

Ad.: Fateyev A. A., Xankinskaya volost, 1926; Xonqa tarixi, Urganch, 1995.

Komil Nurjonov.


Lotin alifbosida maqola: XONQA TUMANI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XORAZM VILOYATI
AMUDARYO
XITOY
QORAQALPOGʻISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты