XONQIZ NEFT-GAZ KONI

XONQIZ NEFT-GAZ KONI — Fargʻona viloyatidagi kon, Fargʻona sh. dan 27 km jan. gʻarbda. 1957-y. da ochilgan va ugla yili ishga tushirilgan. Kon relyefi yassi, ikki adir oraligʻidagi vodiydan iborat. Xonqiz strukturasi QopchigʻayAchchisoy antiklinoriysi chegarasida joylashgan boʻlib, kenglik boʻyicha choʻzilgan braxiantiklinaldan iborat. Neogen yotkiziqlari boʻyicha burmaning uz. 8 km, eni 4 km. Gumbaz yuzasi keng, qanotlari yassi. X. n. g. k. da jami 25 ta burgʻi kuduti qazilgan. Konda sanoat miqyosidagi neft uyumlari paleogen davrining yotqiziklarida ajratilgan gorizontlarda uchraydi. Ular 1300—1350 m va 1675 m chuqurlikda ochilgan boʻlib, gil, alevrolit, mergel qatchalari bilan qavatlangan qumtosh va ohaktoshlardan tuzilgan. 1957—1989-y. larda Xonqiz neft-gaz konining pastki qatlamlari sinab koʻrildi, natijada quyi boʻr davri muyan svitasida va oʻrta yura davrining terrigen yotqiziqlarida 3 ta gorizont ajratildi va gaz uyumlari mavjudligi aniqlandi. Ushbu gorizontlar qumtoshlardan tuzilgan boʻlib, konglomerat va ayrim joylarda karbonat qatchalari bilan qavatlanadi. Gorizontlarning qalinligi 35—58 m, gazlilik maydonlari 2,16 km2, 3,24 km2 va 31,4 km2 ni tashkil qiladi. Ushbu gorizontlardagi gazning kimyoviy tarkibi birbiriga yaqin. Yura davri satlam suvlari kuchli namakob hisoblanadi, ular xlorkalsiyli tipga mansub. Hoz. kunda kondan foydalanilmoqda.


Lotin alifbosida maqola: XONQIZ NEFT-GAZ KONI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YER
XITOY
FRANSIYA
NEOGEN SISTEMASI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты