YEMSHITEPA

YEMSHITEPA — antik shahar xarobasi. Tillatepa (Afgʻoniston) yaqinida joylashgan. Mayd. 18 ga. Yemshitepa tarhi aylana shaklida boʻlib, qalinligi 10 m, bal. 12 m keladigan mustahkam mudofaa devori b-n oʻrab olingan. Yemshitepa hududidagi madaniy qatlamning qalinligi 8,5 m ga yetadi. Shahar Kushon podsholigi davrida (1— 4-a. lar) ravnaq topgan. Oʻrta asrlarda shaharning kichik bir qismidagina hayot davom etgan. Qadimda bu yerdan Buyuk ipak yoʻli oʻtgan. Olimlar (Sh. Kamoliddinov) ning fikricha, antik manbalarda qayd etib oʻtilgan qad. Baqtriyaning Surogana sh. aynan shu yerda joylashgan boʻlgan.

Ad.: Kamaliddinov Sh. S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyazыchnыm istochnikam IX — nachala XIII vv., T., 1996.


Lotin alifbosida maqola: YEMSHITEPA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
GEOGRAFIYA
KUSHON PODSHOLIGI
YER
BUYUK BRITANIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты