YENGIL ATLETIKA

YENGIL ATLETIKA — sportning eng ommaviy turlaridan biri; turli masofalarga yugurish, sportcha yurish, sakrash (balandlikka, uzunlikka, uch hatlab, langarchoʻp b-n), uloqtirish (nayza, lappak, bosqon), yadro irgʻitish, koʻpkurash (oʻnkurash, yettikurash) mashqlarini oʻz ichiga oladi. Yengil atletikada 50 dan ziyod mashq bor, ulardan 49 tasi Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiri-tilgan (2000-y. gi Sidney olimpiadasida erkaklar Yengil atletikaning 22, ayollar 20 turida musobaqalashishdi). Bundan tashqari, Yengil atletika zamonaviy beshkurash va triatlon sport turlarining bir mashqini tashkil etadi, barcha sport turlarining mashgulot, taʼlim muassasalarining oʻquv, harbiy-tayyorgarlik, salomatlik mashqlari, oʻquvchi-yoshlarning «Alpomish» va «Barchinoy» sport sinovlari dasturidan joy olgan. Gomerning «Iliada», Ibn Sinoning «Tib qonunlari» va b. kitoblarda Yengil atletika mashqlariga oid maʼlumotlar uchraydi. Qad. Olimpiada oʻyinlarida (mil. av. 776-y. dan mil. 394-y. gacha) asosan Yengil atletika boʻyicha musobaqalar uyushtirilgan. Zamonaviy Yengil atletikaning rivojlanishida 19-a. da Angliyada (1837-y. dan) musobaqalar, Afinada (1859-y. dan) umumgrek oʻyinlari oʻtkazilishi va olimpiada tiklanishi (1896-y. dan)ning ahamiyati katta boʻldi. 1912-y. da Xalqaro havaskor Yengil atletika chilar federatsiyasi (IAAF) tuzilgan, unga 200 mamlakat aʼzo (2001-y. ; Oʻzbekiston Ye. a. federatsiyasi 1993-y. dan aʼzo). IAAF 1977-y. dan jahon kubogi (hoz. kunda Gran-pri musobaqalari), 1983-y. dan jahon birinchiligi musobaqalarini oʻtkazib keladi. Oʻzbekistonda Yengil atletikaga qiziqish 1885-y. da Margʻilonda shu turga moslashtirilgan oʻyingoh barpo etilgandan keyin kuchaydi. Toshkentda 1902-y. dan Yengil atletika musobaqalari, 1919-y. dan mamlakat birinchiliklari, 1927-y. dan spartakiada oʻtkazila boshlagan. Oʻzbekistonda 135 mingdan ziyod kishi 140 dan ortiq murabbiy qoʻl . ostida Yengil atletika bilan shugʻullanadi, murabbiylardan 3 nafari Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi, 10 nafari Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sport ustozi unvoniga ega (2001). Oʻzbekistonlik Yengil atletika chilar 1952-y. dan Olimpiada oʻyinlarida qatnashadi. Olimpiadalarda Marina Shmonina (4×100 m ga estafetali yugurish, 1992) oltin, Rodion Gataulin (langarchoʻp bilan sakrash, 1988) kumush medalni qoʻlga kiritgan, Ramil Gʻaniyev (oʻnkurash, 1996) 8-oʻrinni egallagan. Oleg Ryaxovskiy (uch xatlab sakrash), Roza Babich (200 m ga toʻsiqlar osha yugurish) va Tatyana Biryulina (nayza uloqtirish) jahon rekordini yangilagan. Ashur Normurodov (uzok, masofaga yugurish) uch marta sobiq Ittifoq chempioni boʻlgan (1967 — 69). Osiyo oʻyinlarida 1994-y. da Svetlana Munkova (balandlikka sakrash), Ramil Gʻaniyev (oʻnkurash), Oksana Yarigina (nayza uloqtirish), 1998-y. da Oleg Veretelnikov (oʻnkurash), Sergey Voynov (nayza uloqtirish) oltin medal bilan taqdirlangan Yengil atletika AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Kuba, Xitoy kabi mamlakatlarda yaxshi rivojlangan.


Lotin alifbosida maqola: YENGIL ATLETIKA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



IBN SINO
TOSHKENT
XITOY
ANDIJON VILOYATI
OLIMPIADA OʻYINLARI


Добавить комментарий