XOR MUSIQASI

XOR MUSIQASI — musiqa turi; xor ijrosi uchun moʻljallangan musiqa asarlaridan iborat. Xalq va professional, diniy va dunyoviy Xor musiqasiga ajratiladi. Professional Xor musiqasida messa, motet, madrigal, kantata, oratoriya, rekviyem kabi janrlar mavjud. Oʻzbekistonda Xor musiqasi 1930-y. larda yuzaga kelgan. Ilk namunalari oʻzbek xalq qoʻshiqlarining xor aranjirovkalari (mas, Ye. Romanovskayaning «Paxta teradi»), oʻzbek musiqali drama va ilk oʻzbek operalaridagi xorlardan iborat. Mustakil Xor musiqasi asarlari (kantata, oratoriya va b.) 1940—60 y. larda rivoj topdi (S. Yudakov, M. Ashrafiy, Ik. Akbarov, M. Burhonov va b.). Keyingi yillarda oʻzbek va b. xalk kuylarini kayta ishlash janrida M. Burhonov. S. Boboyev, B. Umidjonov, N. Sharafiyeva va b. samarali ijod qilishgan. M. Bafoyev, B. Lutfullayev, H. Rahimov, F. YanovYanovskiy, N. Gʻiyosov, D. Omonullayeva va b. oratoriya, poema, kantata, xor simfoniyasi va b. turkumli asarlar yaratishgan.


Lotin alifbosida maqola: XOR MUSIQASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MUSIQA
XALQ IJODI
YAPONIYA
ITALIYA
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты