YENISEY

YENISEY — Osiyodagi daryo. BiyXem (Katta Yenisey) va Ka-Xem (Kichik Yenisey) daryolarning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Yuqori oqimi (yoki Ulugʻ-Xem) Tuva soyligi boʻylab oqib, soʻng Gʻarbiy Sayan togʻ sistemasini kesib oʻtadi va Gʻarbiy Sibir chegarasi boʻylab oqadi, Kara dengizining Yenisey qoʻltigʻiga quyiladi. Uz. 3487 km (Ka-Xem daryosi boshidan 4092 km), havzasining mayd. 2580 ming km2.

Yenisey, asosan, qor va yomgʻirdan toʻyinadi. Toshqin davri daryoning yuqori qismida apr. oxirlaridan sent. gacha, quyi qismida esa may oʻrtalaridan avg. gacha davom etadi. Yenisey RF ning eng sersuv daryosi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 19800 m3/ sek. Quyi qismi okt. dan iyungacha, yuqori qismi noyabrdan maygacha muzlab yotadi. Yeniseyning gidroenergiya zapasi katta. Daryoda Krasnoyarsk GES, Sayan-Shushensk GES qurilgan. Yeniseyning transport ahamiyati katta. Sayanogorskdan muntazam kema qatnaydi; dengiz kemalari daryoning quyilish joyidan Igarka sh. gacha kirib boradi. Baliq ovlanadi (asosan quyi oqimida). Yenisey boʻyida Minusinsk, Krasnoyarsk, Yeniseysk, Igarka, Dudinka va b. shaharlar joylashgan. Yeniseyning irmoklari: Angara, Toshloq Tunguska.


Lotin alifbosida maqola: YENISEY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ROSSIYA
SIRDARYO
YER
AMUDARYO
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты