YENOTSIMON IT

YENOTSIMON IT (Nyctereutes procyonoides) — yirtqich sut emizuvchilar turkumining itsimonlar oilasiga mansub hayvon. Tanasining uz. 65 — 80 sm, dumi 15—25 sm, ogʻirligi 4 — 10 kg, oyoklari qisqa, boʻyi past. Boshining ikki tomonidagi junlar «chakka soqol» hosil qiladi. Moʻynasi sargʻish, toʻq kulrang yoki koʻpincha qora. Rossiya, Yaponiya, Xitoy va Koreyada tarqalgan. Oʻrta Osiyo, Belorussiya, Ukraina, Kavkaz va Oltoyda iqlimlashtirilgan. Oʻzbekistonda daryo va koʻllar boʻyidagi qamishzorlarda, butazorlar va toʻqaylarda uchrab qoladi. Yerni kovlab uya yasaydi. Koʻpincha boʻrsiq yoki tulkining tashlab ketgan uyalaridan va tabiiy boshpanalardan foydalanadi. 5—6 tasi toʻplanib, qishni karaxt holda oʻtkazadi. Mayda jonivorlar va oʻsimliklar bilan oziqlanadi. Martda urchiydi. Homiladorlik davri 64 kun, 6—8 tagacha bola tugʻadi. Bahorda tullaydi. Moʻynasi uchun ovlanadi.


Lotin alifbosida maqola: YENOTSIMON IT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YAPONIYA
UKRAINA
ROSSIYA
XITOY
BELORUSSIYA


Добавить комментарий