XORAZM VILOYATI

XORAZM VILOYATI — Oʻzbekiston Respublikam tarkibidagi viloyat. 1925-y. fev. dan 1938-y. yanv. gacha Xorazm okrugi. 1938-y. 15 yanv. da tashkil etilgan.

Respublikaning shim. gʻarbida, Amudaryo quyi oqimining chap sohilida. Shim. va shim. sharqdan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, jan. va jan. gʻarbdan Turkmaniston, jan. sharqdan Buxoro viloyati bilan chegaradosh. Mayd. 6,1 ming km2. Aholisi 1412,7 ming kishi (2004). Tarkibida 10 qishloq tumani (Bogʻot, Gurlan, Urganch, Xiva, Xonqa, Shovot, Yangiariq, Yangibozor,Qoʻshkoʻpir, Hazorasp), 3 shahar (Urganch, Xiva, Pitnak), 7 shaharcha (Gurlan, Xonqa, Chalish, Shovot, Yangibozor, Qoʻshkoʻpir, Hazorasp), 100 qishloq fuqarolari yigʻini bor. Markazi — Urganch sh.

Tabiati. Viloyat choʻl zonasida, Xorazm vohasining gʻarbiy qismida, oʻrtacha 100 m balandliqda joylashgan. Relyefi pasttekislikdan iborat. Amudaryo qad. deltasining bir qismi boʻlib, daryo yotqiziqlaridan tashkil topgan. Qoraqum choʻliga tutashgan gʻarbiy va jan. gʻarbiy qismi qum bilan qoplangan. Foydali qazilmalardan ohaktosh, qum, gil va b. qurilish materiallari bor. Iqlimi keskin kontinental. Qishi moʻtadil sovuq, qor kam yogʻadi, yanv. ning oʻrtacha trasi —5°, eng past tra —32°. Yozi issiq, quruq, iyulning oʻrtacha trasi 30°, eng yuqori tra 45°. Vegetatsiya davri 200—210 kun. Yiliga 78—79 mm yogʻin tushadi, asosan, martaprel oylarida yogʻadi. Shim. va shim. sharqiy shamollar esadi. Yagona daryosi — Amudaryo viloyat hududida keng vodiy boʻylab oqadi, qirgʻoqlari past, shu sababli toshqin boʻlib turadi. Toshqinga qarshi dambalar qurilgan. Amudaryo suvidan yirik kanallar yerdamida ekinlarni sugʻorishda foydalaniladi. Viloyat jan. da mayda shoʻr koʻl, botqoqlik va shoʻrxok koʻp. Tuproqlari Amudaryoning allyuvial yotqiziqlaridan tashkil topgan. Daryo vodiysida oʻtloqi, oʻtloqibotqoq tuproqlar, gʻarbida qumliklar uchraydi. Sugʻoriladigan yerlarda, asosan, boʻz tuproq boʻlib, kuchli shoʻrlangan. Viloyat hududining asosiy qismi haydaladigan yerlar. Amudaryo qayirlaridagi toʻqayzorlarda terak, tol, jiyda, yulgʻun, kandir, qumliklarda saksovul va b. oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan, asosan, kemiruvchilar, sudraluvchilar, toʻqayzorlarda toʻqay mushugi, chiyaboʻri; qushlardan toʻrgʻay, oʻrdaklar, kulrang gʻoz, oqqush, birqozon, baliqchi, dehqonchumchuq, qizilishton, zargʻaddoq va b. bor. Suv havzalarida ondatra va nutriya iqlimlashtirilgan.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar (96,3%), shuningdek, turkman, rus, qozoq, tatar, koreys, qoraqalpoq va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 231,6 kishi. Shaharliklar 321,7 ming kishi, qishloq aholisi 1091 ming kishi (2004).

Oʻtmishda Xorazmda yashovchi oʻzbeklar qabilalari bir necha etnik guruhlar boʻlib, ular Abulgʻoziy Bahodirxon (1643—64) tomonidan 4 guruh (toʻp)ga boʻlingan. Har bir guruhga 2 qabila (1 guruhga uygʻur va nayman, 2 siga qoʻngʻirot va qiyot, 3siga nukuz va mangʻit, 4siga qangʻli va qipchoqlar) birlashtirilgan. Shuningdek, bir necha qabila qoldiqlari (jaloyir, kenagas, doʻrmon, yuz, ming, shix, katagon) va ayrim etnik guruxlar (alieli, xoʻjaeli va. sayidlar) mavjud boʻlgan. Amudaryodan suv oladigan kanallar va sugʻoriladigan yerlarning katta qismi shu qabila va urugʻlarga taqsimlab berilgan va ular astasekin oʻtroqlashib, dehqonchilik bilan shugʻullanganlar. Qolgan guruxlar Xorazmda juda kam boʻlib (bular qoʻngʻirotlar va b.) viloyatning Gurlan va Shovot tumanlari, mangʻitlar Gurlan tumani va Shovot tumani (AnbarManaq)da, qiyotlar Shovot tumanida, qipchoqlar Urganch, Shovot va Qoʻshkoʻpir tumanlari, doʻrmonlar Urganch va Shovot (AnbarManaq) tumanlarida, xidireli Urganch va Xivada, tama Xonqa va Bogʻot tumanlarida joylashgan.

Xoʻjaligi. Xorazm viloyati iqtisodiyotida q. x. bilan birga sanoat ham salmokdi oʻrinni egallaydi. Paxta tolasi, kalava ip, gilam, oziq-ovqat mahsulotlari, mashina uskunalari eksport qilinadi.

Sanoati. Viloyatda paxta tozalash sanoati rivojlangan (barcha tuman markazlari va Urganch sh. da paxta tozalash zavodlari bor). Gurlan, Bogot, Xonqa, Urganch, Xiva va Hazoraspda toʻqimachilik, pillakashlik, tikuvchilik; Xivada gilam fkasi, «Xiva gidami» aksiyadorlik jamiyati ishlab turibdi. Faoliyat koʻrsatayotgan jami korxona va tashkilotlar 13748 ta. Mikrofirmalar soni 11340 dan ziyod (2004).

Viloyatda 36 qoʻshma korxona va ularning filiallari ishlab turibdi. Oʻzbekiston — Turkiya «Bagat Tekstil», «Xorazm—Nurtop», «SemurgʻSanTe», «Xorazm Tekstil», «Memgilam»; Oʻzbekiston — AQSH «Amerozindustriyes», «Xiva malikasi», «Nurlayt», «Rahnamo Hyp»; Oʻzbekiston — Germaniya «Unixo», «OʻzOlmonXotelz», «Xiva Karpet»; Oʻzbekiston — Britaniya «Xiva»; Oʻzbekiston—Rossiya N«amunaAgrofud»; Oʻzbekiston — Italiya «Meva»; Oʻzbekiston—Ukraina K«iyevXorazm»; Oʻzbekiston — Xitoy «Aziya Tekstil LTD»; Uzbekistan — Turkmaniston «GʻayratXumoyun» va b. shular jumlasidandir.

Qishloq xoʻjaligi asosini paxtachilik va gʻallachilik tashkil etadi. Polizchilik, sabzavotchilik, bogʻdorchilik, chorvachilik, pillachilik ham rivojlangan. Shirkat, ijapa va xususiy fermer, dehqon xoʻjaliklari, aksiyadorlik jamiyatlari faoliyat koʻrsatadi. Viloyatda jami ekin mayd. 232,1 ming ga, shundan 129,4 ming ga q. h. shirkatlari (69 ming ga yer xususiy fermerlar, 33,7 ming ga yer dehqon xoʻjaliklari)ga tegishli. Umumiy yer fondining 38,4% haydaladi, 18,2% yaylov, oʻtloq, 1,3% bogʻ va tokzor; oʻrmon va changalzorlar 9,6% ni, tutzorlar 0,9%ni tashkil etadi.

1991—2003-y. larda kanal va ariqlar rekonstruksiya qilinib, suv yoʻllarining umumiy uzunligi koʻpaydi. Xorazm viloyati dagi shoʻr suvlar viloyat tashqarisiga zaxkashlar orqali chiqarib tashlanadi. Viloyatda irrigatsiya va melioratsiya ishlariga alohida eʼtibor berib kelinmoqda.

Jami ekin maydonining 102,3 ming gektariga paxta, 86 ming gektariga don, 3 ming gektariga kartoshka, 9 ming gektariga sabzavot ekiladi (2003). Don (asosan, bugʻdoy, sholi) yetishtiriladigan maydonlar kengaydi. Xorazm viloyati mamlakatda sholi yetishtirish boʻyicha 1oʻrinda turadi.

Viloyat jamoa va xususiy xoʻjaliklarida 492,3 ming qoramol (shu jumladan, 202,1 ming sigir), 247,1 ming qoʻy va echki, 1437,6 ming parranda boqiladi. 6500 dan ziyod fermer xoʻjaligi chorvachilikka ixtisoslashgan. Urganch, Xiva parrandachilik fkalari faoliyat koʻrsatadi. Xorazm viloyatida Paxtachilik i. t. stansiyasining paxtachilikbedachilik zonal kompleks tajriba styasi (Urganch sh. da), Qoraqum i. t. stansiyasi, paxta navlarini tajriba qilish uchastkasi (Xiva tumanida), mevali daraxtzorlar koʻchatzori, oʻrmon koʻchatzori (Urganch tumanida) va b. bor.

1996—2004-y. larda I. Bobojonov, M. Quvoqov, B. Jumaniyozov, V. B. Pak, A. Mahmudova «Oʻzbekiston Qahramoni» unvoniga sazovor boʻldilar.

Transporti. Xorazm viloyati orqali Toshkent — Moskva, Dushanba—Moskva t. y. oʻtgan, Urganch — Toshkent yoʻnalishida poyezdlar qatnaydi. T. y. uzunligi 128 km (2004). Amudaryo ustiga qurilgan Hazorasp t. y. koʻprigi ishga tushirilib (Hazorasp yaqinida, 2004), Hazorasp — Miskin — Toshkent t. y. masofasi qisqardi. Koʻprik har sutkada 14 poyezd, 20 ming avtomobil oʻtkazish imkoniyatiga ega. Koʻprik strategik ahamiyatga ega. Viloyatdagi qattiq qoplamali avtomobil yoʻllarining uz. 2750 km (2004). Xiva — Urganch yoʻnalishida trolleybus qatnovi (1997-y. dan) yoʻlga qoʻyilgan. Urganch, Xiva sh. laridan Toshkent, Samarkand, Navoiy, Buxoro, Nukus va b. shaharlarga avtobuslar katnaydi. Urganch sh. xalkaro va mahalliy yoʻnalishlar aeroportlaridan xorijiy davlatlar (shu jumladan, Parij, Tokio, Myunxen, TelAviv, Moskva, Simferopol va b.) shuningdek, Toshkent, Nukus va b. shaharlar bilan muntazam aviatsiya aloqasi oʻrnatilgan. Viloyat orqali Oʻrta Osiyo — Markaz, Buxoro — Ural, Turkmaniston — Rossiya xalqaro gaz magistral quvurlari oʻtkazilgan.

Madaniy maorif, sogʻliqni saqlash va sport. 2003/04 oʻquv yilida 537 umumiy taʼlim maktabi (shu jumladan, 47 ixtisoslashgan maktab, gimnaziya, internat maktabi) boʻlib, 335,4 mingga yaqin oʻquvchi taʼlim oldi. 1997-y. da Xorazm tasviriy va amaliy sanʼati litseyi ochildi. Viloyatdagi 57 kasb-hunar kolleji va oʻrta maxsus bilim yurtlarida 34 mingdan ziyod talaba oʻqiydi (2004).

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan Xorazm Mamun akademiyasi qayta tiklandi, pedagog kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan viloyat ped. inti (1935 — 1992) AlXorazmiy nomidagi Urganch universitetitl aylantirildi. Urganch davlat universiteti, Toshkent davlat 1tibbiyot intning Urganch filialida 7460 talaba taʼlim oladi (2004). Oʻzbekiston FA arxeologiya regional boʻlimi, paxtachilik, Qoraqum i. t. stansiyalari faoliyat koʻrsatadi. Xorazm viloyatida Xiva davlat «Ichan salʼa» tarixiymeʼmorlik muzeyqoʻrikxonasi va uning filiallari, 424 jamoat kutubxonasi (5 mln. asar), 302 klub muassasasi, madaniyat uylari va madaniyat saroylari, 10 ga yaqin madaniyat va istirohat bogʻi, Xorazmiy, Beruniy, Jaloliddin Manguberdi, Avesto yodgorlik bogʻmajmualari, «Orazibon», «Avazxon», «Doston» folkloretnofafik xalq dastalari, «Muborak, «Yulduz», «Navbahor», «Xiva naqshlari» ashula va raqs dastalari, milliy dorbozlar guruhi, koʻplab badiiy havaskorlik jamoalari bor. Ogahiy nomidagi viloyat musiqali drama va komediya teatri, viloyat qoʻgʻirchoq teatri (Xiva sh. da) ishlab turibdi.

Xorazm musiqiy hayoti Xorazm vohasida qad. dan yashab kelayotgan xalqlarning turmush tarzida muhim oʻrin egallagan. Qad. Xorazm hududidagi Qoʻyqirilganqalʼa, Tuproqqalʼa, Qirqqizqalʼa kabi istehkomlardan topilgan va asl nomlari saqlanmagan torli (dutorsimon, changkanora, arfaga oʻxshash), damli (nay, mizmar), zarbli (daf va nogʻoraga oʻxshash) cholgʻu sozlarni ushlagan ayol va erkaklar tasvirlari tushirilgan tangalar va ganch haykalchalar bu voha musiqa sanʼatining ildizlari juda qad. ekanligidan dalolat beradi. 8-a. boshidagi arablar istilosi oqibatida Qad. Xorazm madaniyati va sanʼati xarobalikka yuz tutib, islom madaniyatining yangi anʼanalari taraqqiy eta boshladi. Xorazmiy, Beruniy, Abu Abdullo ibn Yusuf Xorazmiy (10-a.) va b. olimlarning qomusiy asarlarini musiqaga bagʻishlangan qismlarida musiqani hisob ilmining tarkibiy boʻlagi va uni inson ruhiyatiga taʼsiri taʼriflanadi. «Mafotix ululum» asarida oʻsha davrdagi mavjud cholgʻular: ud, changkanora, qanun, tanbur, mizmar, argʻanun, nay, surnaylarning nomlari keltirilgan. Oʻsha davrda Gurganjda cholgʻu asboblar yasovchi ustalar mahallasi boʻlgan.

Muhammad Xorazmshoh davrida (1200—21) mashhur sozanda ustod Mahmud, Yusufbek Dutoriy kabi sozandalar edda tanilgan. 14-a. da yashagan «Muhabbatnoma» dostonining muallifi Xorazmiy, Abdurahim Hofiz Xorazmiy, ayniqsa, Alisher Navoiyning «Sabʼai sayyor» dostonida va b. klassik shoirlarning gʻazallarida oʻsha davr maqomlari, sozandalari va cholgʻulari yuksak did bilan taʼriflanadi. Shuningdek, sanʼatkorlar homiysi Sulton Vayis (Uvays), baxshilar piri Oshiq Oydinlar ham shu davrda yashaganlar. Muhammad Rahimxon (1806—25) davriga kelib Niyozjonxoʻja va uning shogirdlari Mahdumjon qozi, Muhammadjon Sandiqchi, Abdusattor maxram, uning shogirdi Xudoybergan kosib va b. tanbur maqomlarini rivojlanishiga katta hissa qoʻshdilar. Komil Xorazmiy Xorazm maqomlarini oʻzi ixtiro kdlgan «Tanbur chizigʻi» asosida qogʻozga tushirishni boshlab bergan yetuk musiqashunoslardan hisoblanadi. 1883-y. da dastlab Xorazm maqomlari tarkibidagi «Rost» maqomi, keyin, bu ishni davom qildirib oʻgʻli Muhammad Rasul Mirzo Xorazm maqomlaridan Buzruk, Navo, Dugoh, Segoh, Iroq va Rostlarni qogʻozga tushirgan. Bu davrda Otash baxshi, Nurjon baxshi va, ayniqsa, Eshvoy baxshi hamda uning shogirdi Muhammadniyoz Gurji kabi baxshilar nom qozonganlar.

Nomlari nomaʼlum boʻlgan ustoz sozandalar va baxshilar tomonidan Xorazm dutor yoʻllari jamlanib 11 ta dutor maqomi shakllangan. Mashhur sozanda va nafis taʼb egasi Muhammad Rahimxon Soniy (Feruz) xonlik davri (1864— 1910) ga kelib Xorazmda musika sanʼati yanada rivoj topdi. Feruz saroyida 40 dan ortiq shoir, 20 ga yakin maqomchi sozandalarni toʻplab mushoira va maqom kechalarini oʻtkazib turardi. Saroy maqomchilari orasida Paxlavon Niyoz Mirzaboshi Komil, Muhammad Yoqub Devon Xarrot, Yoqub fozachi, Qalandar Doʻnmas va b. maqomlarning cholgʻu va aytim qismlarini boyitganlar. Feruzning oʻzi ham maqom cholgʻu qismlariga 14 ga yaqin kuy bastalagan. Bu davrda 40 dan ortiq baxshi, 32 sozanda qoʻshlari (sozandalarning jamlangan dastasi) faoliyat koʻrsatgan. Ular sayil va bayramlarda xonning koʻrigidan oʻtar va elyurtning tomoshasini oʻtkazishga fatvo olar edilar. Baxshilar ichida mashhurlari: Rizo baxshi, Ernazar baxshi, Suyav baxshi; sozanda qoʻshlaridan elga tanilgan namoyandalardan Shomurod surnaychi va b. boʻlgan.

1910-y. Xiva xonligi taxtiga Asfandiyorxon oʻtirganidan keyin saroy shoir va sozandalari tarqab ketdi.

Xorazmda shoʻrolar hokimiyati oʻrnatilgach, maqom va musiqa rivoji biroz toʻxtadi. 1923-y. da Xiva sh. da musiqa maktabi tashkil qilinib, skripka, klarnet, tanbur kabi cholgʻu asboblarda ijro etish boʻyicha sinflar ochiddi. 1925-y. da Moskva sh. da Mulla Bekjon Rahmon oʻgʻli va Muhammad Yusuf Devonzodalarning «Xorazm musikiy tarixchasi» kitobi chop etiddi. Bu davrda sozandalardan Safo Ollaberganov (Mugʻanniy), Qurbon sozchi Ismoilov, Madrahim Yoqubov (Sheroziy), Qurbonnazar Abdullayev (Bola baxshi), Matyusuf Xarratov (Chokar), Otajon Abdullayev, Hojixon Boltayev; ayol xalfalardan Onajon Sobirova (Anash maxram), Onabibi qori Otajonova (Ojiza) va b. mashhur boʻlishgan. Ularning izdoshlari va shogirdlari ichida xonandalardan Komiljon Otaniyozov, Vahobjon Fayozov, Kommuna Ismoilova, Sultonposhsha Rahimova, Matyoqub Rahimov, Quvondiq Iskandarov, Jumanazar Bekchonov, Olmaxon Hayitova, Roʻzmat Jumaniyozov, Ortiq Otajonov, Otajon Xudoyshukurov, Bobomurod Hamdamov; sozandalardan dutorchi N. Boltayev, qoʻshnaychi Q. Bobojonov, torchi H. Bobojonov, gʻijjakchi O. Hasanov; bastakorlar R. Ollaberganov, Sh. Ramazonov, Sh. Solayev, A. Otajonov, M. Yusupov, S. Hayitboyev, U. Musayev, R. Abdullayev, Q. Polvonov, M. Otajonov, R. Bekchonov, Sh. Fayzullayev, Q. Raximov; musiqashunos O. Matyoqubov va b. maʼlum. 1958—60 y. lar orasida M. Yusupov tomonidan toʻplab notaga olingan «Oʻzbek xalq musiqasi» (6,7 va 9 jildlar) chop etildi. 1980—87 y. larda Xorazm maqomlarining yangi toʻldirilgan variantlari nashrdan chiqsi.

Xorazm viloyatida 16 ta bolalar musiqa maktabi (shulardan 3 tasi sanʼat maktabi), musiqa bilim yurti, filarmoniya, viloyat teleradiokompaniyasi qoshidagi maqomchilar ansambli faoliyat koʻrsatadi.

Xorazm viloyatidan Devonai Hisobiy, Niyozjonxoʻja, Niyoziy, Xudoybergan muhrkan, Komil Xorazmiy, Matyoqub Xarratov, M. Xudoyberganov, Safo Mugʻanniy, X. Devonov kabi yirik sanʼatkorlar; Bola Baxshi, Q. Iskandarov, R. Jumaniyozov, F. Davletov singari Oʻzbekiston xalq dostonchi va hofizlari; Matyusuf Xarratov, M. Yusupov, R. Ollaberganov, Sh. Ramazonov, L. Abdullayeva, I. Niyozmatov, R. Abdullayev, O. Matyokubov, S. Davletov, U. Musayev, O. Ollaberganov, Q. Rahimov kabi Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arboblari va kompozitorlar; Sheroziy (Yokubov), K. Otaniyozov, H. Boltayev, K. Raximov, M. Raximov, B. Rahimova, S. Devonov, S. Rahimova, G. Yoqubova, M. Ixtiyorova, O. Hayitova, G. Matyoqubova, M. Bobojonov, O. Otajonov, G. Raximova singari Oʻzbekiston xalq artistlari; Norbek baxshi, Qalandar baxshi kabi Oʻzbekiston xalq baxshilari yetishib chiqqanlar.

Xorazm viloyatida xalq amaliy sanʼati va hunarmandchilik, ayniqsa, Xiva, Hazorasp va Xonqa sh. larida kadimdan taraqqiy etgan. Yogʻoch oʻymakorligi, zargarlik, kandakorlik, gilamchilik, kulolchilik va b. rivojlangan. Xiva gilamchilik fkasi, «Xiva sopoli» aksiyadorlik jamiyati va b. ishlab turibdi. Oʻzbekiston xalq rassomi A. Boltayev, xalq naqqoshlari va yogʻoch oʻymakor ustalari O. Polvonov, R. Masharipov, S. Bogʻbekov, mashhur kulol, koshinkor usta R. Matchonov va b. ning nomlari mashhur.

Sogʻliqni saqlash. Viloyatda 6269 oʻrinli 36 kasalxona va 211 tibbiy muassasalarda 3882 vrach (har 10 ming kishiga 27,1 vrach), 13337 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi. Davlat dasturiga asosan, viloyatda Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazining viloyat boʻlimi va barcha tuman markaziy kasalxonalari qoshida uning boʻlinmalari tashkil etilgan hamda zaruriy tibbiy va texnik jihozlar bilan taʼminlangan. Xorazm viloyatida 4010 oʻrinli 20 sanatoriy faoliyat koʻrsatadi.

2004-y. gacha oʻz kasbi boʻyicha xususiy ish faoliyati yuritish uchun 50 ga yaqin mutaxassisga litsenziya berildi.

Sport. Xorazm viloyati sportchilari sportning koʻplab turlari boʻyicha turli darajadagi musobaqalarda ishtirok etmoqda (kurash, futbol, qoʻl toʻpi, voleybol, tennis, boks va b.). «Umid nihollari — 2003» sport musobaqalari oʻtkazilishi munosabati bilan shaxar va tumanlarda 17 ta yirik sport inshootlari, «Olimpiya zaxiralari» kolleji, 10 — 15 ming kishilik stadion foydalanishga topshirildi.

Viloyatda 14 sport majmuasi, shuningdek, 16 stadion, 8 suzish havzasi, 136 tennis korti, otchopar, sport zallari, otish tiri, basketbol, qoʻl toʻpi, futbol maydonlari bor. 389 ming kishi jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanadi. Turli miqyosdagi respublika va xalkaro sport musobakalarida viloyatning 9 sportchisi oltin, 8 tasi kumush medallarga sazovor boʻlishdi. Xorazmda «Umid nihollari—2003» tadbiri katta bayram sifatida nishonlandi. «Umid nixrllari», «Prezident kubogi uchun», Pahlavon Mahmud xotirasiga bagʻishlab oʻtkazilgan Respublika va xalkdro sport bellashuvlarida 6 sportchi respublika va jaxrn chempioni unvonlarini oldilar.

Xorazm viloyatida 10 dan ortiq xalkaro toifadagi sport ustasi, 100 dan ortiq sport ustasi, 300 dan ziyod sport ustaligiga nomzod, shuningdek, koʻplab 1toifadagi sportchi tayyorlandi. Viloyatning 30 dan ortiq sportchisi Oʻzbekistonning turli milliy terma jamoalari aʼzolaridir.

Adabiyoti. Xorazm adabiyoti zamonlar silsilasida yemirilib, yoʻqotilib, qayta shakllandi. Arablar Xorazmga bostirib kelganda oʻzlariga qaraganda juda ham yuqori madaniyatga duch keldilar. 8-a. ga kelib qad. xorazmiy tilinkng batamom yoʻqotilishi bilan 8-a. dan toki 12—13a. largacha fors hamda arab va 12-a. lardan boshlab turkiyoʻzbek tillarida ijod qilindi. Abu Mansur Saolibiyning «Yatimat addaxr fi maxosin axlal asr» («Asr ahlining fozillari haqida zamonasining durdonasi») tazkirasida 10 — 11-a. larda Xorazmda yashab, arab tilida ijod etgan yetuk arabnavislar haqida keng maʼlumot beriladi. Kariyb 5 asr davomida (8—12-a. lar) arab tilida ijod qilgan koʻpgina Xorazm shoirlari oʻz faoliyati bilan Xuroson va Movarounnahrda shuhrat qozonganlar. 11-a. boshida Xorazmda ilk bor tashkil etilgan Xorazm Maʼmun akademiyasida jahon tarixi, fani va adabiyotiga munosib ulush qoʻshgan Beruniy raisligida Ibn Sino, Abu Nasr Iroq kabi zamonasining yirik fan va madaniyat namoyandalari ijod qiddilar. Asli balxlik boʻlib, Xorazmda turgʻun yashab Xorazmshoh Otsiz hukmronligi davrida yuqori martabaga ega boʻlgan Rashididdin Vatvot («Saʼdalmulk» faxriy unvonini olgan) fors va arab tillarida ijod qilib sheʼriyatda murassaʼ, tarseʼ, tajnis va b. usullarni qoʻllashda forsiy tilda yozadigan peshqadam shoirlardan biri hisoblanadi. Ahmad Yassaviyning shogirdi Sulaymon Boqirgʻoniy 12asrdayoq turkiyda ijod qilgan. Bu davrlarda arab, fors tillari va turkiyda baravariga ijod qilingani oʻsha davr adabiy muhitining naqadar koʻp qirraligini koʻrsatadi. Xorazmdagi adabiy jarayon Chingizxon istilosi va undan keyingi davrda ancha murakkab kechgan boʻlsada, toʻxtab qolmadi. Kubroviylik tariqatining asoschisi, «Shayxi valitarosh» («Avliyolar yetishtiruvchi shayx») nomi bilan butun Sharqqa mashhur boʻlgan shoir Najmiddin Kubro, «Muhabbatnoma» muallifi Xorazmiy (14-a.), Nasriddin Burxoniddin Rabgʻuziy (13-a. oxiri —14-a. boshlari), Pshdgavon Mahmud, Haydar Xorazmiy, Qutb Xorazmiy, Sayfi Saroyi (14-a.) kabi buyuk siymolar ijod etgan. Rabgʻuziyning «Qissasi Rabgʻuziy» asari oʻzbek nasrining mukammal namunasi boʻlishi bilan eʼtiborlidir. Xorazm adabiy muhiti, ilmfani jahon maʼrifati taraqqiyotiga taʼsiri eʼtirofga loyiq. AzZamaxshariy arab dunyosini kezib ilm tarqatgan boʻlsa, 1414-y. da Sherozga kelgan Abdurahim Hofiz Xorazmiy turkiyda bitgan gʻazallari bilan shuhrat topgan.

Alisher Navoiy «Majolis unnafois» asarida Xoja Abulvafoyi Xorazmiy va Mavlono Jaloliddin Rumiy masnaviysiga sharh bitgan Husayn Xorazmiylarni katta hurmat bilan taʼriflaydi. Xorazm adabiy jarayonining rivojlanishi natijasida yetuk adabiyot namoyandalari yetishib chiqa boshladi. Bular Ravnaq (1725—1805), Roqim (1742—1825), Nasimiyning gʻazallarini oʻzbek tiliga agʻdargan mashhur shoir Andalib (1710—70), Vosifiyning «Badoeʼ ulvaqoeʼ» asarini forsiydan tarjima qilgan, oʻzbek va fors tillarida baravar ijod etgan Dilovarxoʻja (18-a.), Navoiyning «Xamsa»sidagi dostonlarning nasriy variantlarini yaratgan Umar Boqiy (18-a.), oʻz zamonasining ulugʻ shoirlari Munis, Ogahiy, Komil Xorazmiy (1825 — 99), Bayoniy va b. dir.

Feruz davrida Xorazm adabiy muhiti yanada rivojlandi. Uning buyrugʻi bilan shoir Tabibiy «Majmuai 30 shuaro payravi Feruz» tazkirasini tuzadi va Feruzning 101 gʻazaliga 30 shoir yozgan payravni kiritadi. Tazkiranavis Laffasiy tuzgan «Tazkirai shuaro»da (1945) Munis davridan Laffasiy davrigacha ijod kilgan (Munis va Laffasiy bilan birga) Xorazmdagi 51 shoirning hayoti va ijodi haqidagi maʼlumotlar bitilgan.

Xorazmda qadimdan dostonchilik rivojlangan. Xalq anʼanaviy dostonlari baxshilar orqali ogʻizdanogʻizga oʻtib sayqallangan. «Avazxon», «Bozirgon», «Sayyodxon va Hamro», «Qorakoʻz Oyim», «Gulruh pari», «Shobaxrom», «Zavriyo», «Oshiq Gʻarib va Shohsanam», «Yusup Ahmad», «Qirq mhhd> kabi dostonlar Xorazm xalq ogʻzaki ijodining nodir boyligidir. Xorazm xalq dostonlari hajmi boshqa oʻzbek xalq dostonlariga qaraganda kichikligi, shu bilan birga musiqaviyligi bilan ajralib turadi. Xorazmda doston kuylovchilarni baxshi deb atab kelganlar. Xorazm vohasida 19-a. ning 1-yarmida Eshvoy baxshi mashhur boʻlgan. Xorazm vohasida muallif nomi bilan atalgan «Eshvoy nagʻmasi» kuyi tarqalgan. 19-a. da Xorazmda yashab ijod qilgan baxshilardan Otash, Gʻaribniyoz baxshilar, Bobo baxshi, Jumanazar baxshi Bobo baxshi oʻgʻli, Bekjon baxshi, Abdrim baxshi va b. shuhrat qozongan. 20-a. boshlarida Xoʻjayoz baxshi atokli baxshi hisoblangan. U «Oshiq Gʻarib va Shohsanam», «Sayyodxon va Hamro», «Bozirgon», «Alpomish» va «Goʻroʻgʻli» turkumidagi dostonlarni yod bilgan va uni xush ovoz bilan dutor jurligida ijro etgan. Undan keyingi davrda Bola baxshi, Matnazar Jabbor oʻgʻli, Qalandar baxshi, Bola baxshining farzandlari Norbek baxshi, Matyokub va Yetmishboy baxshilar Xorazm dostonchilik maktabini taraqqiy qilishga xissa qoʻshdilar.

Xorazmdagi xalq ogʻzaki ijodining yana bir turi xalfachilikdir. Xalfalar (folklorda) repertuarida xalq dostonlari, rangbarang xalq qoʻshiklari, mumtoz shoirlarning ashulabop gʻazallari asosiy oʻrin olgan. 19 — 20-a. ning 2-yarmida Xorazmda Xonimjon xalfa, Onajon xalfa, Onabibi kori (Ojiza), Shukurjon xalfa, Sharifa xalfa, Joni xalfa, Bibijon xalfa, Durxonim xalfa, Kish xalfa, Guljon kori, Oysha kulol xalfa, Yoqut xalfa Vafoyeva, Sharifa noʻgʻay Otasheva, Ugʻil Noʻgʻay Quryozova, Yoqut xalfa Seytniyazova va b. ning nomlari xalq orasida tanilgan edi. Xalfachilik sanʼati anʼanalari Xorazm yosh ijrochilari tomonidan keyingi davrlarda ham davom ettirilmoqda.

20-a. da Xorazm adabiyotshunosligida Mugʻanniy, Suxanvar, Umar Qurboniy, Qalandar Qurboniy, M. Abdullayev, Egam Rahim, Ahmad Bobojon, Ayyomiy, Rahim Bekniyoz, Doʻstjon Matjon va b. ning nazm va nasriy asarlarida maʼrifatparvarlik gʻoyalari oʻz aksini topgan.

Omon Matjon, Bahrom Roʻzimuhammadning falsafiy sheʼriyati, Erkin Samandarning «Daryosini yoʻqotgan qirgʻoq», «Tangri qudugʻi», Komil Avazning «Qoʻnalgʻa» romanlari, Matnazar Abdulhakimning Najmiddin Kubro, Bedil, Paxlavon Maxmud ruboiyoti va gʻazallarining oʻzbek tiliga tarjimalari muhim ahamiyatga ega. Prof. lardan O. Madrahimov, S. Roʻzimboyev, 3. Doʻsimov, J. Yusupov, arab va fors tillari bilimdoni A. Ahmedov va b. adabiyotshunoslikka doyr asarlar yozdilar. Ayniqsa bu borada H. Abdullayevning Abu Bakr Xorazmiydan hozirgacha yashab ijod qilgan adabiyot ahlining hayoti va ijodini aks etgiruvchi tazkirasi, N. Krbulovning 2 jildli «Xorazm adabiy muhiti» asari, S. Roʻzimboyevning «Goʻroʻgʻli» kitobi muhim ahamiyatga ega boʻldi.

Xorazm viloyatida Oʻzbekiston ijodiy uyushmalari (yozuvchilari, rassomlar va b.) viloyat tashkilotlari faoliyat koʻrsatmoqda.

Matbuot, radioeshittirishi va televideniyesi. Xorazm viloyatida 2 viloyat gaz. («Xorazm haqiqati» va «Xorezmskaya pravda», 2 ta gaz. adadi 5500), 10 tuman gaz., 3 jurnal («Ilm sarchashmalari», «Diydor», «Xiva Sharq gavhari», adadi 2000) nashr etiladi. Viloyatda, shuningdek, bir qancha tarmoq gaz. lari chop kilinadi. Jami 27 nomdagi gaz. va jurnallar chiqariladi.

Xorazm (Xiva)da Muhammad Rahimxon Feruz tashabbusi bilan 1874-y. da Turkistonda ilk bor toshbosma ochilgan. Toshbosmada ilk matbaachilik faoliyatini birinchi oʻzbek matbaachisi Otajon Abdalov boshlagan. Ushbu toshbosma faoliyati keyinroq, 1920-y. dan «Inqilob quyoshi» gaz., 1939-y. dan «Xorazm haqiqati», 1941-y. dan «Xorezmskaya pravda» gaz. larining tashkil qilinishiga zamin yaratgan.

Xorazm viloyatida 1874—1924-y. larda faoliyat koʻrsatgan matbaachilik anʼanalari 1991-y. da qayta tiklandi. «Xorazm» nashriyoti ishga tushirilib, darsliklar, kitoblar nashr etish yoʻlga qoʻyildi. «Xorazm tarixi» (1995), «Hazorasp tarixi», «Xonqa tarixi» (1995—98), «Avestoning yaratilishi» (2001), «Maʼmun akademiyasi» (toʻplam, 2003) kabi kitoblar chop etildi.

Xorazm viloyatida birinchi radioeshittirishlar 1936-y. dan boshlangan. Viloyat radiosi oyiga 31 soatlik hajmda eshittirishlar beradi. Telekoʻrsatuvlar 1961-y. dan olib boriladi. Mahalliy koʻrsatuvlar, 1979-y. dan rangli tasvirda (oʻzbek va rus tillarida), haftasiga 15 soat hajmda namoyish qilinadi.

Meʼmoriy yodgorliklari. Xorazm viloyati dagi tarixiy va meʼmoriy yodgorliklar jahonga mashhur. Viloyatda 149 meʼmoriy va shaharsozlik, 16 arxeologik, 21 monumental sanʼat va haykaltaroshlik yodgorligi bor. Meʼmoriy yodgorliklarning asosiy qismi Xiva sh. da joylashgan. Uning Ichan qalʼa qismi esa YUNESKOning Jahon merosi shaharlari tashkiloti hisobiga kiritilgan. Xivadagi yodgorliklardan Juma masjid (10—18-a. lar), Pahlavon Mahmud meʼmoriy majmuasi (14-a., 19—20-a. boshlari), Sayid Aloviddin (14—18-a. lar), Uch Avliyo (1549, 1821) makbaralari, Toshhovli (19a.), Koʻhna Ark (17—19-a. lar) saroylari, Muhammad Aminxon Madrasa va minorasi va b. mehmonlar va sayyohatchilar diqqatini oʻziga tortadi. Shuningdek, Xiva, Hazorasp, Xonqa, Shovot, Yangiariq, Qoʻshkoʻpir, Bogʻot va b. tumanlarida ham tarixiy obidalar mavjud. Shulardan Xiva tumanidagi Chodra hovli (18—19-a. lar), Shohimardon meʼmoriy majmuasi (19-a.), Qubla Tozabogʻ saroyi (1893—1913), Hazoraspdagi Muzrobshoh (16—18-a. lar), Shayx Kosim eshon makbaralari (18—19-a. lar), qad. Hazorasp qalʼasi (mil. av. 6—5-a. lar), Xonqa tumanidagi Sayd ota masjidi (1766), Shovot tumanidagi Vayangan bobo makbarasi (16—19-a. lar); Yangiariq tumanidagi Shayx Muxtor Valiy (Ostonabobo, 14a) meʼmoriy majmuasi; Qoʻshkoʻpir tumanidagi Imoratbobo meʼmoriy majmuasi (16—19-a. lar) va b. ni aytish mumkin.

Mustaqillik yillarida viloyatda yakka tartibda uyjoy kurish tez rivojlandi. Urganch, Xiva sh. lariga yoʻdsosh Navroʻz, Qosmaobod shaharchalari bunyod etildi. Viloyatda tarixiy va meʼmoriy yodgorliklarni asrash, taʼmirlash ishlariga Oʻzbekiston hukumati tomonidan katta eʼtibor berilmoqda. Xiva sh. ning2500-yillik yubileyi (1997), Jaloliddin Manguberdining 800-yiligi (1999), Avesto kitobi yaratilishining 2700-yilligi (2001) bayramlari arafasida viloyatda keng miqyosda meʼmoriy yodgorliklarni taʼmirlash, ular atroflarini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. Xorazm viloyati 2003-y. 22 avg. da Jaloliddin Manguberdi ordeni bilan mukofotlangan.

Ad.: Tolstov S. P., Qadimgi Xorazm madaniyatini izlab, T., 1964,Vinogradov A. V., Neoliticheskiye pamyatniki Xorezma, M., 1968; Srednyaya Aziya v drevnosti i srednevekovye, M., 1977; Trudы Xorezmskoy arxeologoetnograficheskoy ekspeditsii, t. 1—10, M., 1952—77; Xorazm tarixi, 1995, Urganch; Qilichev T., Xorazm xalq teatri, T. ; Sadokov R. L., Muzыkalnaya kultura drevnego Xorezma, M., 1970; Sadokov R. L ., Tыsyacha oskolkov zolotogo saza, M., 1971.

Komil Nurjonov, Botir Matyoqubov, Komil Avazov.


Lotin alifbosida maqola: XORAZM VILOYATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
QORAQALPOGʻISTON
BUXORO VILOYATI
TOSHKENT VILOYATI
AMUDARYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты