YER BALANSI

YER BALANSI — yer turlarining yerga egalik qiluvchi va yerdan foydalanuvchi xoʻjaliklar, korxonalar, muassasalar, uyushmalar, qoʻshma va kichik korxonalar, dehqon va fermer xoʻjaliklari boʻyicha tarkibi, salmogʻi, maydoni va sifat koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar jamlangan hujjat.

Yer balansida quyidagi maʼlumotlar aks ettiriladi: jami yer maydoni; Ye. b. tuzilgan yer egaligi yoki yerdan foydalanuvchiga oid boʻlmagan, lekin chegarasi qamrab olingan hududda joylashgan yerdan foydalanuvchi boshqa subyektlar yer maydoni, q. x. yerlari (haydaladigan yerlar, koʻp yillik daraxtzorlar, pichanzor va yaylov yerlar, partov yerlar); uning oʻzgarish sabablari va huquqiy asosi; yerni q. x. ga oid boʻlmagan maqsadlarga ajratish; yangi oʻzlashtirilgan yerlar maydoni va b. Ye. b. tahlil qilish natijasida yer resurslaridan samarali foydalanishning istiqbol rejasi tuziladi. 1999-y. dan Oʻzbekiston Respublikasida Yer balansi yer resurslarining holati toʻgʻrisidagi milliy hisobot shaklida har yilning 1 yanv. holati boʻyicha xoʻjaliklardagi yer tuzuvchi muhandis tomonidan tuziladi va tuman (shahar) yer resurslari xizmati boshligʻi tomonidan qabul qilinadi. Yer balansi viloyat va resublika miqyosida jamlangan holda milliy hisobot shaklida Vazirlar Mahkamasida tasdiqlanadi (yana q. Yer kadastri, Yerdan foydalanish). Qosimjon Rahmonov.


Lotin alifbosida maqola: YER BALANSI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
FRANSIYA
ROSSIYA
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты