XORAZM XALQ SOVET RESPUBLIKASI

XORAZM XALQ SOVET RESPUBLIKASI (XXSR) (19201924) Xiva xonligi hududida xonlik tuzumi agʻdarib tashlangach, yuzaga kelgan xalq respublikasi. Mayd. 62.200 km2, aholisi 550 ming kishi (1920). Milliy tarkibi, asosan, oʻzbeklar (65%), qisman turkmanlar (26,8%), qoraqalpoqlar (3,8%), qozoqlar (3,4%) va b. dan iborat. XXSR maʼmuriy jihatdan 4 ta viloyat (Hazorasp, Yangi Urganch, Toshhovuz, Xoʻjayli) va 26 ta tumanga boʻlingan (1923). XXSR hududi Buxoro Xalq Sovet Respublikasi, Turkiston ASSR, Qozogʻiston ASSR bilan chegaralangan. Poytaxti — Xiva sh.

Xivada xonlik tuzumi agʻdarib tashlangan kun — 1920-y. 2 fev. da Yosh xivaliklar partiyasi aʼzolarvdan iborat, (5 kishi kirgan) Muvaqqat inqilobiy qoʻmita — revkom (raisi Mulla Jumaniyoz Sultonmurodov) tuzilgan. Bu qoʻmita 2 oy davomida ham qonun chiqaruvchi, ham ijro qiluvchi hokimiyat vazifasini bajargan. 9 apr. da mazkur qoʻmita ishini yaxshilash maqsadida uning tarkibida 10 kishidan iborat dastlabki xalq hukumati — Nozirlar Shoʻrosi tashkil qilindi. Hukumat tarkibiga Jumaniyoz Sultonmurodov (Muvaqqat inqilobiy hukumat raisi; xorijiya — tashqi ishlar noziri), Odamoxun Ortiqov (hukumat raisi yordamchisi), Mulla Navroʻz Roʻziboyev (hukumat kotibi), Mulla Oʻroz Xoʻjamuhamedov (hukumat kotibi yordamchisi), Matlapoboy Madrahimov (moliya noziri), Shayxutdin Hasanov (harbiy ishlar noziri), Polvonniyoz Hoji (Polyozhoji) Yusupov (oliy mufattish — davlat nazorati noziri), Eshchonqori Jabborqulov (xalq xoʻjaligi noziri), Mulla Bekjon Rahmonov maorif noziri), Bobooxun Salimov (adliya noziri) kirishdi. Asosan, yosh xivaliklardan iborat boʻlgan hoʻkumat aʼzolari Xorazmda agʻdarib tashlangan xonlik hukumati oʻrniga demokratax respublika qurish uchun intildilar.

1920-y. 26 — 30 apr. da Butun Xorazm xalq vakillarining 1 qurultoyida Xorazm Xalq Sovet Respublikasi — XXSR tuzilganligi tantanali ravishda eʼlon qilingan. Qurultoyda 15 kishidan iborat XXSR hukumati — Xalq Nozirlar Shoʻrosi (raisi P. Yusupov) tuzildi.

tashqari Finlyandiya, Shvetsiya, Germaniya, Turkiya, Afgʻoniston, Eron kabi xorijiy davlatlar bilan ham mustaqil ravishda savdosotiq va iqtisodiy aloqalarni olib borishga harakat qildi. Mac, 1921-y. 24 noyab. da Afgʻonistonga qozikalon Bobooxun Salimov boshchiligida maxsus elchilik hayʼati joʻnatilgan. Xususan, Finlyandiya bilan savdosotiq aloqalari samarali boʻlgan.

1920-y. 13 sent. da Moskvada RSFSR bilan XXSR oʻrtasida 24 moddadan iborat Ittifoq shartnomasi va 15 moddadan iborat iqtisodiy bitim tuzilgan. Ittifoq shartnomasiga binoan, sovet Rossiyasi XXSR mustaqilligi va daxlsizligini rasmiy surʼatda tan olgan. Ittifoq shartnomasining 17moddasi asosida alohida harbiysiyosiy bitim ham tuzilgan. Unda Xorazm qizil armiyasi RSFSR homiyligi ostida tuzilishi taʼkidlangan.

Biroq shartnoma va bitimlarda koʻrsatilgan asosiy moddalarni, xususan, XXSRning mustaqilligi va daxlsizligi huquqini sovet Rossiyasi tan olmay, doimiy ravishda yosh respublikaning ichki ishlariga qoʻpol ravishda aralashib turdi, Xorazmda katta miqdordagi qizil askarlarni saqlab, bu harbiy kuchlar orqali mamlakatni oʻzi boshqarishga intildi. 1921-y. 6-martda Xorazmda qizil askarlar uyushtirgan harbiy davlat toʻntarishidan keyin P. Yusupov hukumati ham agʻdarib tashlandi. Hukumatning sobiq raisi yashirinishga ulgurdi. Biroq oradan koʻp oʻtmay u qamoqqa olindi. Bolsheviklar koʻplab nozirlarni otib tashlashdi. Tirik qolgan ayrim nozirlar Junaidxon safiga borib qoʻshilgan. Yosh xivaliklar partiyasining faoliyati taqiklangan. Xorazm Kommunistik partiyasi tashkiliy jihatdan rasmiylashdi (1921-y. dek.). xalq demokratik respublikasi hisoblangan. XXSR Konstitutsiyasiga muvofiq, davlat hokimiyatining oliy boshqaruv organi, Butun Xorazm xalq vakillari qurultoyi, qurultoylar oʻrtasida — XXSR Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi hisoblangan. Ijro qiluvchi oliy organ (hukumat) — Xorazm Xalq Nozirlar Shoʻrosi sanalgan. Birok, asosiy hokimiyat XXSRda turgan sovet Rossiyasi va SSSRning turli favqulodda organlari qoʻlida boʻlgan.

Afsuski, Xorazmda hokimiyatning yangi organlari faoliyati bu gal ham uzoqqa choʻzilmadi. 1921-y. sent. oyida boʻlgan XXSR MIK majlisida «Oʻz vazifasini bajara olmagan va ishni chalkashtirgan» degan soxta ayblar bilan M. Olloberganov oʻz lavozimidan olib tashlandi va oʻlimga hukm qilindi. Umuman olganda, XXSR mavjud boʻlgan qariyb 5 yil davomida bolsheviklar tomonidan XXSR MIK raislari va hukumat boshlikdarining har biri 10-martadan uzgartiriddi. Xorazmda oʻtkazilgan bunday davlat toʻntarishlari oqibatida oʻzbek xalqining koʻplab asl farzandlari qatagʻon qilindi.

1920 —21 y. larda XXSRda agrar sohada dastlabki oʻzgarishlar amalga oshirilib, 10 ming desyatina yer dehqonlarga boʻlib berildi. Bundan tashqari, ularga urugʻ, dehqonchilik asboblari hamda ssuda (qarz) ajratiddi. Dehqonlarga kredit xisobidan 5 ming chorva mol sotiddi. Eski sugʻorish inshootlarini qayta tiklash bilan birga yangilari ham qurildi. Mac, 1922-y. oxirigacha Xorazm dehqonlari Hazoraspdan Xoʻjayligacha boʻlgan hududda 12 ta damba qurdilar. 1922-y. da chorakor va kambagʻallarga yer boʻlib berish uchun davlat yer fondi tuzishga hamda dehqonlarga uzoq muddatli va qaytarib olinmaydigan ssudalar berish uchun davlat dehqonlar bankini taʼsis etishga qaror qilindi. Bankka 3 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilgan. Xullas, 1921 —22 y. larda 400 ming tanobdan ortiqroq yer kambagʻal dehqonlarga berildi. sohasidagi islohotlar ziddiyatli tarzda kechdi. Xorazm Respublikasidagi soliq siyosatida sovet Rossiyasining taʼsiri kuchliroq boʻlganligi uchun sinfiy yondashuv yaqqol namoyon boʻldi. Soliqning ogʻir yuki savdogarlar, sudxoʻrlar va yirik yer egalari zimmasiga toʻgʻri keldi. Q. x. da yagona soliq tizimi (1922-y. dek.) joriy qilindi. Soliq toʻlashni toʻgʻri yoʻlga qoʻyish maqsadida davlat banki va soliq palatasi tashkil qilindi. 1923-y. iyunda hunarmandchilik va sanoat sohasidagi soliklar ham bir tizimga solinib, davlat sanoat soligʻi joriy qilindi. Yangi iqtisodiy siyosat (NEP)ning eʼlon qilinishi bilan XXSRda karvonsaroylar, korxonalar, koʻllar va toʻqaylar ijaraga berila boshlandi. Telefon simlari tortilib, daryo kemachiligi tiklashga kirishilgan. Bir qancha yirik koʻpriklar qurildi. Paxta maydonlarining xududi 1921-y. dagi 10 ming tanobdan 1924-y. da 85 ming tanobga, hosiddorlik 100 ming pudsan 800 ming pudga koʻtariddi. Umumiy ekin maydonlari 1913-y. dagi darajaning 62%ni, hosiddorlik 70 —75% ni tashkil kildi. 1924-y. ga kelib, 6 ta paxta tozalash zavodi, 10 ta gʻisht zavodi, yogʻ zavodi, bosmaxona, elektrstansiya tiklandi, qogoz va shisha zavodlari quriddi. Sanoatda davlat sektori ustuvor mavqeini egalladi. va sogʻliqni saqlash ishlariga ham katta eʼtibor qaratdi. 1920-y. bahorida respublikada yangi tipdagi maktablar tashkil qilina boshlandi. 1921-y. sent. da Xivada ochilgan xalq dorilfununi respublika madaniy hayotida katta voqea boʻldi.

Xorazm Sovet Sotsialistik Respublikasi (XSSR). 1923-y. 17 20 okt. da boʻlgan Butun Xorazm xalq vakillarining 4qurultoyi XXSRni Xorazm Sovet Sotsialistik Respublikasi (XSSR) ga aylantirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. 20 okt. da XSSRning 5 boʻlim va 12 bobdan iborat yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Bu Konstitutsiya mamlakatning sotsialistik qurilish yoʻliga oʻtishini qonun yoʻli bilan mustahkamladi. Unga muvofiq, yerning xususiy mulk ekanligi bekor qilindi, vaqf yerlari butunlay tugatildi. Mavjud yerlar umumxalq mulki deb eʼlon qilinib, barcha vaqf mulklari maorif nozirligi ixtiyoriga berildi. Kozixonalar faoliyati taqiqlanib, sovet sudlari tashkil qilindi. Shu tarzda 1923-y. okt. oyidan boshlab Xorazm Respublikasidagi demokratik oʻzgarishlarga chek qoʻyildi. Xorazmni sovetlashtirish jarayoni oʻzining yuqori bosqichiga koʻtarildi. Hukumatning keskin yangi siyosatidan norozi boʻlgan barcha kishilar bunday vaziyatda istiqlolchilar safini toʻldirdilar. Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakat Xorazm vohasiga ham keng tarqalgan edi. koʻplab sardor va qoʻrboshilarning harakatlari yanada avj oldi.

1923-y. dek. da Pitnak, Hazorasp, Bogʻot, Xonqa tumanlarida yangi sovet hukumatiga qarshi dehqonlarning ommaviy qoʻzgʻolonlari boshlanib ketdi. Qoʻzgʻolonchilar joylardagi sovet tashkilotlarini tugatib, mamlakat poytaxti Xiva sh. ustiga yurish boshladilar. Qoraqumda turgan Junaidxon qoʻshinlari ham gʻarb tomondan, bir vaqtning oʻzida shaharga qarab harakat boshladi. 1924-y. 10 yanv. dan boshlab Junaidxonning 15 ming kishilik otliq va piyodalardan iborat qoʻshini Xivani qamal qilishga kirishgan. 16 yanv. da Qizil armiya qoʻmondonligi zudlik bilan Xorazmga katta mikdordagi harbiy kuchlarni joʻnatgach, 1924-y. fev. oyining boshlarida xalq qoʻzgʻoloni bostirildi va bolsheviklar davlatning yangi jazolash (qatagʻon) organlarini tashkil qilishdi. 1924-y. 20 fev. da sovet prokuraturasi tuzildi. Shuningdek, Xorazmdagi viloyatlarda 5 ta sovet xalq sudlari ham tashkil qilindi. Bu davrda harbiy tribunal va Davlat siyosiy boshqarmasi (GPU) faoliyati yanada kuchaytirildi. Bu jazolash organlari kommunistik mafkurani tan olmagan qar qanday kishilarni qatagʻon qilishni avj oldirdi.

Oʻrta Osiyo Iqtisodiy Kengashi (Sredaz EKOSO)ning tazyiqi natijasida 1923-y. yozida Xorazmdagi milliy valyuta RSFSR rubliga (10 Xorazm soʻmiga 1 RSFSR rubli nisbatida) almashtirilgan edi. 1924-y. dan boshlab Xorazm Respublikasi ham xuddi BXSR singari SSSRning yagona bank va moliya tizimiga toʻliq tortildi. XSSR armiyadan keyin davlat mustaqilligini muhim timsoli boʻlgan milliy valyutadan ham mahrum qilindi.

Butun Xorazm xalq vakillarining 5qurultoyi (1924-y. 29 okt. — 2 noyab.) Oʻrta Osiyoda milliyhududiy chegaralanish munosabati bilan XSSR tugatilishini eʼlon qildi. XSSRning oʻzbeklar yashaydigan 23 ta tumani yangidan tashkil qilingan Oʻzbekiston SSR tarkibiga Xorazm viloyati qilib kiritildi. qoʻshildi. 1924-y. 23 noyab. da XSSR MIK va 30 noyab. da Xalq Nozirlar Shoʻrosi oʻz faoliyatini toʻxtatdi.

Ad.: Polvonniyoz Hoji Yusupov, Yosh xivaliklar tarixi (Xotiralar), Urganch, 1999; Matkarimov M., Xorazm Respublikasi: davlat tuzilishi, nozirlari va iqgisodi, Urganch, 1993; Xiva ming gumbaz shahri, T., 1997; Xorazm tarixi, 2j., Urganch, 1997; Oʻzbekiston yangi tarixi, 2kitob [Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000; Rajabov K,. K., MustaqilTurqistonfikri uchun mujodalalar, T., 2000; Turkestan v nachale XX veka: k istorii istokov natsionalnoy nezavisimosti, T. ~ 2000; Oʻzbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari, T., 2001. Qahramon Rajabov.


Lotin alifbosida maqola: XORAZM XALQ SOVET RESPUBLIKASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YoSh XIVALIKLAR
BUXORO XALQ SOVET RESPUBLIKASI
TOSHKENT
XORAZM VILOYATI
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты