XORAZM HAQIQATI

«XORAZM HAQIQATI» — ijtimoiy-siyosiy gazeta. Urganch sh. da haftada 2-marta chop etiladi. Muassisi: Xorazm viloyati hokimligi. Dastlab, 1920-y. 8-martdan «Inqilob quyoshi» nomi bilan nashr qilingan. 1939-y. 1 yanv. dan hoz. nomda. 1921-y. Xorazmga kelgan H. H. Niyoziy gazeta faoliyatini mustahkamlashga yordam bergan. Davlat va jamoat arboblari Karim Boltayev, Qurbon Beregin, Xudoybergan Devonov; yozuvchi va shoirlar Faqiriy, Mutrib, Partav, Chokar, Mugʻanniy, Sayd Nazariy, Umar Qurboniy, Mahmud Ismoilov, Eshmurod Devonov, Xayit Eshmurodov va b. gaz. ning ilk muxbirlari boʻlgan. Sahifalarida viloyat hayotiga doir iqtisodiyijtimoiy, maʼnaviy masalalar yoritib boriladi. 1996-y. 3 apr. dan «Xorazm haqiqati» va «Xorezmskaya pravda» gaz. lari birlashgan tahririyati tashkil etildi.

Gaz. ga turli davrlarda Bekjon Rahmonov, Afzal Tagirov, Sharif Bulatov, Rahmat Majidiy, Qurbon Beregin, Otaxon Toshxoʻjayev, Egam Rahimov, Erkin Samandarov, Karim Qurbonov muharrirlik qilganlar. Hoz. muharriri Rustam Iskandarov (1996-y. dan). Adadi 3443 (2005).


Lotin alifbosida maqola: XORAZM HAQIQATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XORAZM VILOYATI
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
XX asr boshida Turkiston...
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты