YER KALAMUSHLARI

YER KALAMUSHLARI, plastinka tishli kalamushlar (Nesokia) — kemiruvchi sut emizuvchilar urugʻi. Oziq tishlari emal qavati bilan qoplanmasdan alohida plastinkalarga oʻxshab koʻrinadi (plastinka tishli kalamushlar degan nomi shundan). Hindiston ya. o., Oʻrta Osiyo, Gʻarbiy Osiyo va Shim. Afrikada tarqalgan. Kopetdogʻ, Murgʻob, Amudaryo va Zarafshon vodiylarida hind yer kalamushi, yaʼni nezokiya (N. Indica) uchraydi. Tanasining uz. 22 sm gacha, dumi 15 sm cha. Usti toʻq qizil, qorni kulrang. Yiliga (3—6 tadan) 2 — 3-marta bolalaydi. Asosan, oʻsimliklar (kartoshka, sabzi va b.) ning yerost-ki qismlari bilan oziqlanadi. Ekinlarga ziyon keltiradi. Yer ostini chuqur qazib, sugʻorish inshootlarining buzilishiga, yerning choʻkishi va b. ga sabab boʻladi; yuqumli kasalliklar (mas, toun kasalligi) qoʻzgʻatuvchilarini ham tarqatadi.


Lotin alifbosida maqola: YER KALAMUSHLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
HINDISTON
OSIYO
HIND OKEANI
AMUDARYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты