YER KODEKSI

YER KODEKSI — yerdan foydalanish munosabatlarini tartibga soluvchi qonunlar majmui. 20-a. ga qadar hoz. Oʻzbekiston hududida mazkur munosabatlar shariat koʻrsatmalari asosida olib borilgan. Oʻzbekistonda birinchi marta Yer kodeksi 1927-y. da qabul qilingan, 1929-y. da esa Yer kodeksi oʻrniga Yer-suv kodeksi qabul qilingan. Bu hujjat 1970-y. 25 sent. da yangi Yer kodeksi qabul qilinguniga qadar amalda boʻldi. 1990-y. 20-iyunda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining «Yer toʻgʻrisida»gi yangi qonuni 1991-y. 1 yanv. dan amalga kiritildi. Oʻzbekiston Respublikasida yer resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlash, yerga doir huquqiy munosabatlarni takomillashtirish maqsadida 1998-y. 30 apr. da Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksini tasdiqladi (1998-y. 1-iyuldan amalga kiritildi). Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi 91 moddani oʻz ichiga oladigan 14 bobdan iborat. Yer kodeksi va yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining asosiy vazifalari hoz. va kelajak avlodlarning manfaatlarini koʻzlab, yerdan ilmiy asoslangan tarzda, oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishni, tuproq unumdorligini tiklash va oshirishni, tabiiy muhitni asrash va yaxshilashni, xoʻjalik yuritishning barcha shakllarini teng huquklilik asosida rivojlantirish uchun sharoit yaratishni, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarini himoya qilishni taʼminlash masqadida yer munosabatlarini tartibga solishdan, shuningdek, bu sohada qonuniylikni mustahkamlashdan iborat. Yer umummilliy boylik boʻlgani sababli undan oqilona foydalanish talab etiladi va yer davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Qosimjon Rahmonov.


Lotin alifbosida maqola: YER KODEKSI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
XITOY
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты