XORAZMIYLAR

XORAZMIYLAR, xorasmiylar — Kdd. Xorazmda yashab, xorazmiy tilida soʻzlashgan xalq. Taxminlarga kura, X. Hilmand vodiysi (Hirot atrofida)dan Amudaryoning quyi oqimidagi yerlarga mil. av. 1-ming yillik oʻrtalarida koʻchib kelganlar va mahalliy massaget qabilalari bilan aralashib, ularga oʻz nomlarini berganlar. X. ilk bor Bщistun kitobalari, shuningdek, Gerodot, Gekatey Miletlik asarlarida qayd etilgan. Jumladan, Gerodotning yozishicha, X. Amudaryo deltasi (Orol dengizi boʻyida) va hoz. Xiva vohasi jan. da yashaganlar. Mil. av. 6—5-a. lar boʻsagʻasida «Xorasmiya shaxri» va X. mamlakati haqida miletlik Gekatey xabar beradi. Misrdagi Nil daryosi boʻyidagi mil. av. 5-a. ga oid shahar xarobalaridan topilgan bir xujjatda Xarchin ugli Dargman ismli bir xorasmiy sarkardasi tilga olingan, u axomaniylar qoʻshinining bosh qoʻmondoni boʻlgan.

X. uzlarining jangovarliklari bilan ajralib turganlar. X. Xorazmdan tashqarida, hatto Xazar xoqonligi qoʻshinida ham katta mavqega ega edilar, xoqonlik qoʻshini, asosan, Xorazmiylardan tashkil topgan.


Lotin alifbosida maqola: XORAZMIYLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O'rta Osiyoning qadimgi aholisi haqida yunon-rim mualliflari
TOSHKENT
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
QORAQALPOGʻISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты