YER OSTI INSHOOTLARI

YER OSTI INSHOOTLARI — yer qatlamida sunʼiy usul bilan hosil qilinadigan inshootlar. Iqlim sharoitlari qulay boʻlmagan (havo t-rasi keskin oʻzgarib turadigan, yogʻingarchilik uzok, vaqt davom etadigan, sel koʻp boʻladigan va b.) joylarga, past-baland relyefli yerlarga Yer osti inshootlari quriladi. Shartli ravishda transport va gidrotexnik tunnellari, metropoliten, elektr st-yalar, baza omborlari hamda sovitkichlar, shahar xoʻjaligi obyektlari (yoʻlovchilar oʻtish joylari, garajlar, kollektorlar va b.), ichimlik suvi rezervu-arlari, neft va gaz omborlari, zararli i. ch. chiqindilari koʻmiladigan oʻralar, davolash muassasalari, harbiy obyektlar uchun quriladigan inshootlar Yer osti inshootlari jumlasiga kiradi. Yer osti inshootlari qurilishi ayniqsa kon sanoatida ancha rivojlangan.


Lotin alifbosida maqola: YER OSTI INSHOOTLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
YER
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты