YER OSTI NAMAKOBLARI

YER OSTI NAMAKOBLARI — tarkibida erigan mineral moddalar, asosan nitratlar yoki sulfatlar konsen-tratsiyasi 36 g/l dan ortiq boʻlgan yer osti suvlari. Yer osti namakoblari sedimentatsiya havzalarida keng tarqalgan. Shuningdek, Yer osti namakoblari shelflarda (Florida ya. o. yaqinida) hamda kristalli qalqonlarning (Boltiq, Ukraina, Kanada) gipergen darzlanish zonalarida maʼlum. Ular odatda chuchuk va shoʻr suvlar ostida choʻkindi gʻilofning qalin qatlamlarida joylashgan. Baʼzi bir dengizlar (Kaspiy, Qizil dengizlar, Meksika qoʻltigʻi va b.) tubidagi choʻkindilar ostidan ham topilgan. Tarkibidagi anionlarning miqdoriga qarab xloridli (natriy, kalsiy, magniyli), sulfatli va gidrokarbonatli boʻladi (xloridlisi koʻp tarqalgan). Yotish sharoitiga qarab sedimentatsiya havzalarida Yer osti namakoblarining tuz usti, oraliq va tuz osti turlari ajratiladi. Tuz usti namakoblari deyarli natriyli boʻlib, shoʻrligi 300—320 g/l; tuz oraligʻi va tuz osti namakoblari koʻp komponentli, shoʻrligi 600 g/l gacha.

Yer osti namakoblaridan yod, brom, osh tuzi, magniy, kalsiy, kaliy olinadi. Bor, rubidiy, seziy, stronsiy uchun potensial xom ashyo hisoblanadi. Yer osti namakoblari davolanishda namakob vannalarida ishlatiladi.

Oʻzbekistonda Yer osti namakoblari Ustyurt, jan. Orolboʻyi, Buxoro-Qarshi, Surxondaryo, shuningdek, Fargʻona artezian havzalarida mavjud. Ular 500 m va undan chuqurroqda chuchuk va shoʻr suv qatlamlari ostida joylashgan. Buxoro-Qarshi artezian havzasining yuqori yura davri tuzli qatlamida oʻta kuyuq (540 g/l gacha) namakoblar borligi aniqlangan.


Lotin alifbosida maqola: YER OSTI NAMAKOBLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



OKEAN
YER
UKRAINA
MEKSIKA
KANADA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты