YER POʻSTI

YER POʻSTI — Yerning tashqi qattiq qobigʻi, geosferalardan biri, litosferaning yuqori qismi. Yer poʻstining pastki chegarasi boʻylama va koʻndalang seysmik toʻlqinlar tezligi birdaniga oʻzgaradigan (6,7—7,6 km/sek dan 7,9 — 8,2 km/sek gacha) yuza — Moxorovichich yuzasi) dj oʻtadi. Shu yuza bilan Yer poʻsti mantiyadan ajraladi. Yer poʻstining kuruklik va okeandagi turlari farq qilinadi. Quruqlikda Yer poʻstining qalinligi tekisliklarda 35—45 km, togʻliklarda 50 — 75 km gacha. Okean osti Yer poʻsti niki 5—10 km. Quruqlikda Yer poʻsti uch qatlam: yuqoridagi choʻkindi (qalinligi 15—20 km gacha), oʻrtadagi shartli ravishda «granit» (10—20 km), pastdagi «bazalt» (oʻrtacha 15—20 km) dan tashkil topgan. Okean osti Yer poʻstida «granit» qatlami yoʻq, choʻkindi qatlami ham yupqa. Qu-ruqlikda Yer poʻstining yuqori qatlami choʻkindi va vulkan jinslaridan tashkil topgan boʻlib, koʻpincha burmalangan, uzilmalar bilan uzilgan va surilgan. «Granit» qatlam granit va gneyslardan, «bazalt» esa bazalt, gabbro va kuchli metamorfizmga uchragan jinslardan iborat.

Okean osti Yer poʻsti 3 qatlamdan: birinchisi zichlanmagan dengiz choʻkindilari (1 km gacha), uning ostidagisi zichlangan choʻkindilar (1—2 km), uchinchisi quyi okean bazalt qatlami (4—8 km) gabbrodan tashkil topgan, degan taxminlar bor.

Okeandan quruklikka oʻtadigan joyda oraliq (subkontinental yoki subʼokean) Yer poʻsti (8—25 km) joylashgan. Yer poʻstida muntazam tektonik harakatlar boʻlib turadi. Shunga binoan Yer poʻsti Harakatchan (burmalangan mintaqalar) va nisbatan tinchigan oblastlar — platformalarga boʻlingan. Yer poʻstining yoshi 3,5—4,5 mlrd. yilga teng. Yer poʻstining rivojlanishi Yer qaʼridagi fizik-kimyoviy jarayonlarga bogʻliq boʻlsa kerak deb faraz qilinadi. Yer poʻsti izostaziya (muvozanat) holatiga yaqin: yaʼni Yer poʻstining qandaydir uchastkasi ogirroq yoki qalinroq, zichroq boʻlsa, u substratga chuqurroq choʻkkan boʻladi. Tektonik kuchlar Yer poʻstining izostaziya holatini buzib yuboradi, ammo tektonik kuchlar susayganda Yer poʻsti yana kaytadan muvozanat holiga qaytadi. Yer poʻstining geologik tuzilishini oʻrganish foydali qazilmalarni qidirishda muhim rol oʻynaydi.


Lotin alifbosida maqola: YER POʻSTI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
OKEAN
MOXOROVICHICH YUZASI
ZILZILA
TOʻLQINLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты