YER POʻSTI TEBRANMA HARAKATLARI

YER POʻSTI TEBRANMA HARAKATLARI, epeyrogenik harakatlar — Yer poʻstida sodir boʻladigan doimiy tektonik harakatlar. Yer kurrasining hamma qismida sodir boʻlib, uzluksiz davom etadi. Yer poʻsti tebranma harakatlari natijasida ayrim qitʼalar va bir necha yoki oʻnlab km2 keladigan maydonlar koʻtarilishi yoki pasayishi mumkin. Bu hodisa Yer geologik rivojlanish tarixining barcha davrlarida davom etgan.

Yer poʻsti tebranma harakatlari rivojlanishining asosiy qonuniyatlari va ularning Yer geologik tuzilishidagi ahamiyati A. P. Karpinskiy tomonidan koʻrsatib oʻtilgan. Tadqiqotlar davomida Yer poʻsti tebranma harakatlarining umumiy va toʻlqinsimon turlari aniqlangan. Umumiy turlari butun qitʼa yoki uning katta qismini egallagan keng hududlarning bir vaqtda koʻtarilishi va pasayishida namoyon boʻladi. Toʻlqinsimon turlari umumiy tebranishlar ustiga qoplanadi va Yer yuzasi har qaysi yirik hududini uzoq muddatli koʻtarilish yoki bukilish zonalariga parchalashi bilan ifodalanadi. Bu harakatlar Yer yuzasi relyefi va fatsiyalarning boʻlinishi va choʻkindi yotqiziklarning qalinligida koʻrinadi. Yer poʻsti tebranma harakatlarini oʻrganish usullari Yer poʻsti harakatlarining davom yiligiga qarab tanlanadi. Yaqin zamonlarda (va tarixiy, golotsen davri — 10 ming yil) namoyon boʻlgan harakatlar — geodezik asboblar (nivelir, teodolit, futshtok, deformometr), arxeologikva geomorfologik usullar b-n, yangi davrdagi (25—40 mln. yil oldin) Yer poʻsti tebranma harakatlari geomorfologik va geologik usullar b-n, Yer poʻstining qad. (neogendan oldingi) tebranma harakatlari asosan geologik usul bilan oʻrganiladi. Shu maʼlumotlar asosida qad. geografik sharoitni koʻrsa-tuvchi xaritalar tuziladi. Xaritalarda quruqlik, dengiz va uning sohili, koʻtarilma, bukilma, choʻkmalar qanday yoshdagi togʻ jinslaridan tashkil topganligi, ularning qalinligi, fatsiyalari koʻrsatiladi.

Yer poʻsti tebranma harakatlarini oʻrganish katta amaliy ahamiyatga ega. Chunki u foydali qazilma konlari (neft, gaz, koʻmir, choʻkindi rudalar Gʻye, Mp, fosforitlar, boksitlar va b.) bilan bogʻliq boʻlgan choʻkindi jinslar formatsiyalarining Yer poʻstidagi taqsimlanish qonuniyatlarini aniqlashda yordam beradi. Yirik binolar, suv omborlari va b. qurishda ham muhimdir.


Lotin alifbosida maqola: YER POʻSTI TEBRANMA HARAKATLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TEKTONIK HARAKATLAR
OKEAN
TOSHKENT
XITOY


Добавить комментарий