YER RESURSLARI

YER RESURSLARI — xalq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalanish mumkin boʻlgan yerlar. Oʻzbekistonda Yer resurslari tarkibiga foydalanib kelinayotgan yerlar va istiqbolda foydalanish mumkin bulgan yerlar kiradi (jadvalga q.). Ye. r. maydoni va sifati jihatidan baholanadi. Yer resurslaridan foydalanish darajasini tahlil (q. Yerdan foydalanish tahlili) etish va ularning samaradorligini aniqlash natijasida yer maydoni birligiga toʻgʻri keladigan yalpi va sof daromad, mehnat unumdorligi aniqlanadi hamda yer egaliklari va yerdan foydalanuvchilar faoliyatiga baho beriladi.

OʻzRda Yer resurslari shartli ravishda quyidagi tartibda taqsimot qilingan: yer turlarining toifalari boʻyicha (qishloq xoʻjaligi; aholi yashash joylari; sanoat, transport, mudofaa, aloqa va b. maqsadlar uchun; oʻrmon xoʻjaligi, gidrotexnika va b. suv xoʻjalik inshootlari uchun; tabiat muhofazasi, sogʻlomlashtirish, rekreatsion va tarixiy-madaniy ahamiyatga ega yerlar; zaxira yerlari); yer egaliklari va yerdan foydalanuvchilar boʻyicha; Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha (yana q. Yer tarkibi).


Lotin alifbosida maqola: YER RESURSLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YER
XALQ IJODI
ROSSIYA
GIDROTEXNIKA INSHOOTLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты