YER TEKISLAGICHLAR

YER TEKISLAGICHLAR — oʻzlashtiriladigan yerlarni va ekin ekiladigan dalalarni ekin ekish va sugʻorish uchun qulay holatga keltirib tekislaydigan q. h. mashinalari; uzun ramali, choʻmichli va agʻdargichli xillari bor. Uzun ramali Yer tekislagichlar traktorlarga tirkab ishlatiladi. Choʻmichli Yer tekislagichlar dalalarni uzil-kesil tekislashda qoʻllaniladi. Ish organi oldi, usti va tubi ochiq choʻmich kovshdan iborat. U ramaga mahkamlanadi. Choʻmichning quyi qismiga doʻngliklarni kesuvchi pichoq oʻrnatilgan. Yer tekislagichlarda choʻmichni maʼlum balandlikka oʻrnatadigan mexanizm bor. Yer tekislagichlar harakatlanganda choʻmich 20 sm gacha boʻlgan doʻngliklarni kesib, pastqam joylarga surib tekislaydi. Yer tekislagichlar gidravlik mexanizm va lazer nurlari bilan ishlaydigan avtomatik rostlash mexanizmlari bilan rostlanadi.

Agʻdargichli Yer tekislagichlar ekin ekish oldidan tuproqqa ishlov berish uchun xizmat qiladi; ish organi harakat yoʻnalishiga nisbatan bir oz kiya oʻrnatilgan bir yoki bir nechta yassi yoki yoysimon agʻdargichlardan iborat. Bular 3 guruhga boʻlinadi: yer tekislagich-mola, ekin ekish oldidan tuproqni tekislagich-yoygich va sudratma (volokusha)li Yer tekislagichlar sholi ekish uchun suv bostiriladigan dalalardagi notekisliklar 3 sm, egatdan sugʻoriladigan dalalarda 5 sm, sunʼiy yomgʻirlatib sugʻoriladigan dalalarda esa 10 sm dan oshmasligi lozim. Agʻdargichli Yer tekislagichlarning qamrov kengligi 6—8 m. Yer tekislagichmolaning ish organi gidrotsilindr yerdamida old tomonga qiyalantirilganda tuproq notekisliklarni kesadi, orqaga qiyalantirilganda esa dala betini bir oz zichlaydi (molalaydi). Tekislagichyumshatkich tishli tirma (borona) bilan qoʻshib ishlatiladi, u dala betini 10 sm chuqurlikda yumashatib, ketidan tekislab ketadi.


Lotin alifbosida maqola: YER TEKISLAGICHLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



LAZER
YER
OKEAN
PAXTA TERISH MASHINALARI
SUGʻORISH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты