YER TUZISH LOYIHASI

YER TUZISH LOYIHASI — yer tuzish ishlarini bajarish natijalariga asosan yerga egalik qiluvchi xoʻjalikning amalda va istiqbolda yerdan foydalanish darajasini aniqlab beruvchi hujjat. Ye. t. l. 4 qismdan: tushuntirish xati, hisob jadvallari, loyiha chizmalari, xuquqiy xzokjatlar majmuasidan iborat. Tushuntirish xatida Yer tuzish loyihasi l . da bajarilishi koʻzda tutilgan tadbirlarni asoslash nuqtayi nazari va yer tuzish manbai (obyekt)ning tabiiy-iqtisodiy sharoitlari bayon etiladi. Yer tuzish loyihasining hisob qismi zarur jadval va loyiha yechimlari boʻyicha hisoblash qaydnomalaridan iborat. Barcha hisob-kitob ishlari oʻz navbatida tushuntirish xatida asoslab beriladi. Loyiha chizmalarida qabul qilingan shartli belgilarga asoslangan, loyihalanayotgan joy tafsilotining amaldagi va is-tiqboldagi holatlari koʻrsatiladi. Yer tuzish loyihasi tarkibiga kiruvchi hujjatlar toʻplamida shu loyihani tegishli tashkilotlar va muassasalarda koʻrib chiqish, tasdiqlash, amalga oshirish tadbirlari, loyihani joyga kuchirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar keltiriladi.

Yer tuzish loyihasi xoʻjaliklararo va xoʻjalikda yer tuzish turlariga boʻlinadi. Yer tuzish loyihasi barcha ishtirokchi mutaxassislar, loyiha tashkiloti rahbariyati va buyurtmachilar tomonidan imzolanadi. Tayyorlangan Yer tuzish loyihasi belgilangan tartibda kurib chiqiladi va tasdiqlanadi.

Yer tuzish loyihasi muntazam ravishda mualliflik nazoratida boʻladi. Yer tuzish loyihasini amalga oshirish jarayonida ayrim oʻzgartirishlar yoki anikliklar kiritilishi mumkin. Har bir holatda zarur huquqiy hujjatlar rasmiylashtiriladi.

Yer tuzish loyihasi natijalariga koʻra, ayrim tadbirlarni oʻz vaqtida amalga oshirish uchun bir bosqichli ish loyihalari ham tuzil adi.

Qosimjon Rahmonov.


Lotin alifbosida maqola: YER TUZISH LOYIHASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ROSSIYA
XITOY
IBN SINO
XORAZMIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты