XORIONEPITELIOMA

XORIONEPITELIOMA (xorion, epiteliy va yun. oma—oʻsma) — homila tuxumi tukli pardasi (xorion) epiteliysidan yuzaga keladigan xavfli oʻsma. Yosh (25—35 yashar) ayollarda uchraydi. Koʻpincha homiladorlik davrida, tugʻruq, abortdan keyin yelboʻgʻozd&n paydo boʻladi. Odatda, X. bachadonda hosil boʻladi, keyinchalik oʻpka, bosh miya, qin, jigar va b. aʼzolarga juda tez metastaz beradi. Asosiy belgilari: ayol jinsiy aʼzolaridan qon yoki serozqon aralash oqchil keladi (bu homiladorlik, tugʻruq va hatto klimaks davrida ham kuzatiladi). Keyinchalik toʻxtovsiz qon ketadi, bemor ozib (kaxeksiya), kamqon (anemiya) boʻlib qoladi. Davo, asosan, bemorning umumiy ahvoliga qarab olib boriladi (kimyoterapiya, gormonoterapiya, jarrohlik usuli va b.).


Lotin alifbosida maqola: XORIONEPITELIOMA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TUGʻRUQ
RAK
YER
KLIMAKS
OʻSMALAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты