XORIOPTOZ

XORIOPTOZ, terixoʻr qoʻtir — chorva mollarining invazion kasalligi. Terida, oyoq boʻgʻimlarida, dumning pastki tomoni va ildiz qismida, baʼzan sakrash boʻgʻimlarida parazitlik qiluvchi Chorioptes turkumiga mansub terixoʻr kanalar qoʻzgʻatadi. Terixoʻr kanalar mollar noqulay sharoitda boqilganda uchraydi. Qoramollarda C.bovis, otlarda C.equi, qoʻylarda C.ovis, echkilarda S. sargaye kanalari parazitlik qiladi. Koʻproq yosh mollar kasallanadi. Kasallik tarqatuvchisi kasal hayvonlar. Belgilari: qichishish, pust tashlash, jun va tuk toʻkilishi, teri qalinlashishi va poʻstloq hosil boʻlishi bilan kuzatiladi.

Tashxisi teri zararlangan joydan kirma olib aniqlanadi.

Davosi: qichimaga qarshi spirtli yoki yogʻli linementlar surtish, qichimaga qarshi vannalarda choʻmiltirish.

Oldini olish: podaga yangi qoʻshiladigan mollar karantini, binoni zararsizlantirish.


Lotin alifbosida maqola: XORIOPTOZ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KANALAR
PSOROPTOZ
TERI
QOʻTIR
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты