YER TURLARINI OʻZGARTIRISH

YER TURLARINI OʻZGARTIRISH — yerdan foydalanishning bir turini boshqasi bilan almashtirish; yerdan unumli foydalanish yoki tuproq eroziyasining oldini olish maqsadlarida qoʻllaniladi. Bunday tadbir foydalaniladigan q. x. yerlarini joylashtirishdagi kamchiliklarni tugatish hamda q. x. yerlarining tarkibi va nisbatini tartibga keltirishga qaratilgan.

Oʻzbekistonning sugʻorma dehqonchilik mintaqalarida Yer turlarini oʻzgartirish tamoyillaridan biri — xoʻjalikka biriktirilgan yer maydonidan maqsadga muvofiq va toʻliq foydalanishni taʼminlashdan iborat. Yer turlarini oʻzgartirish hajmi va uni amalga oshirish yoʻllari asosan xoʻjalikda yerlardan yanada unumliroq foydalanish istiqbollari belgilanadigan yer tuzishda aniqlanadi. Yer turlarini oʻzgartirish iqtisodiy jihatdan asoslanadi: bunda Yer turlarini oʻzgartirishga ketadigan bir yoʻla xarajatlar, bu yerlardan foydalanish tufayli olinadigan qoʻshimcha sof daromad, ekinzorlarni daraxtzorlarga aylantirish natijasida yoʻqotiladigan mahsulot, shuningdek, bu xarajatlarning qoplanishi hisobga olinadi.

Yerdan foydalanishda va uni tarmoqlar hamda tarmoq ichidagi taqsimoti jarayonlarida bir toifadan boshqa toifaga oʻtkazish boʻyicha tadbirlar ham qoʻllaniladi. Bunda Yer turlarini oʻzgartirish yerlardan asosiy foydalanish maqsadi oʻzgargan taqdirda amalga oshiriladi (q. Yer tarkibi, Yer resurslari).

Yerlarni yer toifalariga boʻlish va bir toifadan boshqasiga oʻtkazish yerni egalik qilishga va foydalanishga berish huquqiga ega boʻlgan idoralar tomonidan amalga oshiriladi. Yer turlarini oʻzgartirish yer uchastkalariga boʻlgan huquqni berish toʻgʻrisidagi qarorlarda, uni tasdiqlovchi guvohnomalarda, shartnomalarda va davlat yer kadastri hujjatlarida koʻrsatiladi.

Ad.: Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi va qishloq xoʻjaligiga oid qonun hujjatlari, T., 1999.


Lotin alifbosida maqola: YER TURLARINI OʻZGARTIRISH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



DEHQONCHILIK TIZIMI
YER
ROSSIYA
XITOY
TEMURIYLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты