XORUGʻ

XORUGʻ — Tojikiston Respublikasi Togʻli Badaxshon muxtor viloyatidagi shahar (1932-y. dan), viloyat markazi. Pomirning jan. gʻarbida (2200 m balandlikda), Gʻunt daryosining har ikkala sohilida (Gʻuntning Panj daryosiga quyilish joyida). Avtomobil trakti orqali Dushanba va Oʻsh shaharlari bilan bogʻlangan. 1999-y. dan boshlab Xorugʻ — Qalʼai Xumb — Koʻlob, shuningdek, Xorugʻ — Kulma orqali Xitoy hududiga chiquvchi magistral yoʻllari qurilmoqda. Aholisi 27,4 ming kishi (2001), asosan, pomirlik tojiklar, shuningdek, uzbek, rus, tatar, qirgʻiz, ukrain va b. millat vakillari ham yashaydi.

Xorugʻda goʻshtsut kti, temirbeton konstruksiyalar, non zavodlari, tikuvchilik fkasi, avtomobil taʼmirlash korxonalari, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, GES, universitet, 12 umumiy taʼlim maktabi, tibbiyot bilim yurti, hunartexnika bilim yurtlari, musiqa maktabi, drama teatri, madaniyat uylari, oʻlkashunoslik muzeyi, madaniyat va istirohat bogʻi, stadion mavjud. 1977-y. dan Pomir regioni uchun «Orbita» televizion styasi ishlab turibdi. Shaharda Tojikiston FA ning Biologiya inti (shahar chekkasida intning Botanika bogʻi) joylashgan. X. 1925-y. da qishloq sifatida vujudga kelgan. 1932-y. dan Togʻli Badaxshon muxtor viloyatining markazi.

Nasriddin Mamanazarov.


Lotin alifbosida maqola: XORUGʻ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
TOJIKISTON
XITOY
QIRGʻIZISTON
POMIR


Добавить комментарий