YER FONDI

YER FONDI — mamlakatning jami yer resurslari maydoni. Yer fondi yerlardan foydalanishning belgilangan asosiy maqsadga koʻra quyidagi toifalarga boʻlinadi:

1) q. x. ga moʻljallangan yerlar — sugʻoriladigan va sugʻorilmaydigan (lalmikor) yerlar, haydaladigan yerlar, pichanzorlar, yaylovlar, koʻp yillik mevali (mevasiz) daraxtzorlar va tokzorlar va b. ekinlar bilan band yerlar va b. ;

2) aholi punktlari (shaharlar, shaharchalar va qishloq aholi punkti) yerlari — shaharlar va shaharchalar, shuningdek, qishloq aholi punktlari chegarasi doirasidagi yerlar;

3) sanoat, transport, aloqa, mudofaa va b. maqsadlarga moʻljallangan yerlar — koʻrsatilgan maqsadlarga foydalanish uchun yuridik shaxslarga berilgan yerlar;

4) tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar — alohida muhofaza etiladigan tabiiy xududlar egallagan, tabiiy davolash omillariga ega boʻlgan yerlar, shuningdek, om-maviy dam olish va turizm uchun foydalaniladigan yerlar;

5) tarixiymadaniy ahamiyatga molik yerlar — tarixiy-madaniy yodgorliklar joylashgan yerlar;

6) oʻrmon fondi yerlari — oʻrmon b-n qoplangan, shuningdek, oʻrmon bilan qoplanmagan boʻlsa ham, oʻrmon xoʻjaligi ehtiyojlari oʻchun berilgan yerlar;

7) suv fondi yerlari — suv obyektlari, suv xoʻjaligi inshootlari egallagan yerlar va suv obyektlarining qirgʻoqlari boʻylab ajratilgan mintaqadagi yerlar;

8) zaxira yerlar — yuqorida nomlangan Yer fondi toifalariga ajratilmagan, maʼlum ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik sabablarga kura xalq xoʻjaligi maqsadlarida foydalanish imkoniyatlari boʻlmagan yerlar.

Yer fondi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar har xoʻjalik yilning 1-yanv. ga nisbatan tuziladi. Yer fondi maʼlumotlari xoʻjalik, tuman, viloyat va mamlakat miqyosida beriladi (jadvalga q.). Bunda Yer fondi tarkibidagi yer turlarining maydon va sifat oʻzgarishlari oʻz aksini topadi.

Oʻzbekistonda Yer fondining asosiy qismi (62% ga yaqini) q. x. yer turlari toifalariga mansub, qolgan qismi fu-qarolar yerlari — tomorqa (1%), oʻrmon va toʻqayzorlar (3,2%) va q. x. da foydalanilmaydigan yerlardan (34,2%) iborat. Shundan sugʻoriladigan yerlar jami yer resurslarining 9,6% tashkil etishiga qaramay respublika q. x. da yetishtiriladigan yalpi mahsulotning 90% shu yerlardan olinadi (Oʻzbekiston Respublikasi Ye. f. ning toifalar boʻyicha taqsimoti 445-b. dagi jadvalda berilgan).

Ad.: Yer munosabatlarini tartibga solishga doir qonun va meʼyoriy hujjatlar toʻplami [I qism], T., 2000.

Qosimjon Rahmonov.


Lotin alifbosida maqola: YER FONDI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TABIATNI MUHOFAZA QILISH
TOSHKENT
YER
ROSSIYA
DEHQONCHILIK TIZIMI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты