YER SHOʻRINI YUVISH

YER SHOʻRINI YUVISH, shoʻr yuvish, shoʻrlangan tuproqlarni yuvish — tuproqdagi oʻsimlik uchun zararli tuzlarni eritib, tuproq-grunt Oʻzbekiston Respublikasi yer fondining toifalar boʻyicha taqsimoti (2001-y. 1 yanv., ming ga)ning yuqori qatlamlaridan quyiga va soʻng shoʻri yuviladigan maydon tashqarisiga chiqarib yuborish; melioratsiya tadbirlaridan biri. Oʻzbekistoida shoʻr va shoʻrlanishga duchor boʻlgan yerlarni suv bilan yuvib oʻzlashtirishni birinchi marta A. Middendorf, keyinchalik V. V. Dokuchayev, M. M. Bushuyev, N. A. Dimo na-zariy asoslab berdilar. Shoʻri yuviladigan maydon yuzasiga berilgan suvda tuproq zarrachalaridagi tuz kristallari eriydi. Hosil boʻlgan eritmani shimilishda davom etayotgan suv oʻz harakati bilan tuproqning pastki qatlamlariga olib tushadi va shunday qilib, tuproqning oʻsimlik ildizi tarqaladigan qismi zararli tuzlardan tozalanadi.

Yer shoʻrini yuvish kapital (yerlarni oʻzlashtirish davrida oʻtkaziladi) va eksplua-tatsion yoki profilaktik (joriy) turlarga boʻlinadi. Kapital shoʻr yuvishda aeratsiya zonasidagi tuproqgrunt qatlamini kerakli chuqurlikda (2,5—3,0 m) va grunt suvlarning 3—4 m dan kam boʻlmagan yuqori qatlamini shoʻrsizlantirish maqsadida oʻtkaziladi. Asosan qadimdan sugʻoriladigan zonalardagi juda shoʻrlangan partov (qoʻriq va boʻz uchastkalarni yoki yangi sugʻoriladigan maydonlardagi shu kabi shoʻrlangan) yerlarni oʻzlashtirishda qoʻllaniladi. Oʻzlashtirish suvi katta normalar bilan oʻtkaziladi (10—25 ming m3/ga). Kuchli shoʻrlangan, mexanik tarkibi ogʻir, vertikal suv ayirboshlashni qiyinlashtiradigan, qatlamli tuzilishga ega boʻlgan tuproqlarni oʻzlashtirish kuzqish yoki erta bahorda 2—3 mavsumga choʻzilishi mumkin. Bir mavsumning oʻzida katta shoʻr yuvish normasi (5—10 ming m3/ga). 5—12 sutkalik oraliq b-n, ilgari taxm. 20 sm qalinlikda berilgan suv toʻliq shimilganidan keyin 2,5 — 3,0 ming m3/ga miqdorda boʻlib-boʻlib yoki egatlar boʻylab uzluksiz oqizib beriladi. Baʼ-zan Yer shoʻrini yuvishda tuproqning filtratsiya xususiyatiga qarab bir-biridan 15—25 m uzoqlikda, chuq. 1,2—1,8 m boʻlgan zovur-suv quyigichlar ochiladi. Suv berish 1,5—2 m qalinlikdagi tuproq-grunt qatlami toʻla chuchuklanguniga qadar davom ettiriladi (q. Shoʻr yerlar melioratsiyasi). Kapital shoʻr yuvish turlaridan biri sholi ekib shoʻr yuvishdir. Umumiy 20—30 ming m3/ga normada kapital shoʻr yuvish tuproq-gruntning suv-fizik xossalariga va hududning drenaj qilinganligiga qarab 3—4 oy vaqt kerak boʻladi. Ekspl uatatsion yoki profilaktik (joriy) Yer shoʻrini yuvish dalalar ekindan boʻshagan davrda amalga oshiriladi va tuproq-gruntning yuqori qatlamini mavsum davomida toʻplangan tuzlardan tozalash uchun oʻtkaziladi. Shunday shoʻr yuvishlarni bir necha yil davomida uzluksiz oʻtkazish natijasida tuproqni shoʻrsizlantirishta erishiladi. Bunday usul kapital shoʻr yuvishga nisbatan yerlarni q. x. oborotidan chiqarish, qoʻshimcha drenaj qilish va sugʻorish tarmogʻini kuchaytirish yoki qayta qurishni talab qilmaydi. Ayrim hollarda joriy shoʻr yuvishni tuproqda nam jamgʻarish uchun oʻtkaziladigan suv berish — yaxob ham bajaradi. Su-gʻorma dehqonchilik zonalarida eksp-luatatsion shoʻr yuvish kuzqish faslida 3—4, ayrim yerlarda esa 6—8 ming m3/ga umumiy normada, 6—8 kun oralatib, 2—3-marta suv berish yoʻli b-n oʻtkaziladi. Atmosfera yogʻinlari koʻp (250 mm) yerlarda profilaktik shoʻr yuvishni kuzqish davrida oʻtkazish maqsadiga muvofiqdir. Yogʻinlar kam tushadigan mintaqalar (Xorazm, Qoraqalpogʻiston)da yerlarni kuzda (noyab.) 2—3-marta va albatta ekish oldidan qoʻshimcha (fev. —mart) yuvish tavsiya etiladi. Kam shoʻrlangan va mexanik tarkibi yengil tuproqlarda faqat ba-horgi yuvish b-n cheklanish mumkin. Bunday suv ayni vaqtda yaxob vazifasini ham bajaradi.

Ad.: Mirzayev A., Sugʻorish va zax qochirish melioratsiyasi, T., 1979; Osvoyeniye zasolennыx oroshayemыx pochv i oxrana pochvennogo pokrova, M., 1980; Nakopleniye i vыmыvaniye soley iz ostrukturennыx pochv, M., 1984.

Obid Ramazonov, Qosimjon Rahmonov.


Lotin alifbosida maqola: YER SHOʻRINI YUVISH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YER
XITOY
MELIORATSIYA
SHOʻR YERLAR MELIORATSIYASI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты