XOST

XOST, Xust, Xasht — oʻrta asrlarda Toxaristonga mansub shaharlardan biri. Andarob sh. (Shim. Afgʻoniston) yaqinida, Banda daryosi boʻyida, alKurza vodiysida joylashgan. X. alohida okrug («amal») markazi boʻlib, unga 4 togʻ daryosi boʻylab oʻtgan 4 yoʻl tutashgan. Xitoy sayyohi Syuan Szan asarida X. Toxaristondagi Kyusito mulki sifatida qayd etilgan. 7-a. da bu yerda 3 ta Budda ibodatxonasi va bir necha rohiblar boʻlgan. Bu yerda arablar istilosi davrida qalʼa boʻlib, unda Nizak Tabarxon (Nizak Tarxon) Qutayba ibn Muslim taʼqibidan qochib yashiringan. Qutayba bu mustahkam qalʼani kuch bilan egallay olmay, uni faqat hiyla bilan zabt etgan.

X. 9—10-a. manbalarida qayd etilgan. 9-a. da Xostda jome masjidi boʻlgan. 10-a. da X. hosildor yerli, qalin bogʻlarga ega ozoda va goʻzal shahar hisoblangan. Unda arablarning «ashraf» qabilasi yashagan, bu qabila 12-a. da Samʼoniy asarida ham qayd etilgan. Moʻgʻullar istilosidan loʻng, shuningdek, Amir Temur va temuriylar davrida Balxga, 16—17-a. larda esa Balx xonligiga tobe boʻlgan. Oʻrta asr X. shahri hozir ham oʻz nomini saqlab qolgan. U 20-a. boshida Farang bilan birga Kattagon hokimiga tobe bir oʻlkani tashkil qilgan.

Ad.: Axmedov B. A., Istoriya Balxa, T., 1982; Kamaliddinov Sh. S., Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyazыchnыm istochnikam IX — nachale XIII vv., T., 1996.


Lotin alifbosida maqola: XOST haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMIR TEMUR
TOSHKENT
TEMURIYLAR
XITOY
IBN SINO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты