YER QAZIRLAR

YER QAZIRLAR, yer sichqonlar (Soricidae) — hasharotxoʻrlar (sut emizuvchilar) turkumining oilasi. Osiyo, Yevropa, Afrika va Amerika qitʼalarida keng tarqalgan, 21 tacha urugʻi bor. Oʻzbekistonda mitti oqtish (Suncus etruscus), kichik oqtish (Crocidura suaveolens), ola putorak (Diplomesodon pulchellum) va oqqorin oqtish (Crocidura leucodon) uchraydi. Yer qazirlar sut emizuvchilarning ichida eng maydasi, mas, mitti yer sichqon tanasining uz. 3,5 sm, dumi 2,5 sm cha. Koʻrinishi sichqonga oʻxshaydi, lekin boshining kattaligi, burnidagi uzun xartumchasi va koʻzining kichikligi bilan ulardan farq qiladi. Tanasining usti baxmaddek silliq va mayin qoramtir qisqa jun bilan qoplangan. Tishlari kurak va oziq tishlardan iborat. Oyoklari kalta, tumshu-gʻida moʻylovi bor. Koʻp turlari har xil oʻrmonlarda, baʼzi turlari choʻl va dashtlarda yashaydi. Kutor degan turi hatto suvda yashashga moslashgan. Yer qazirlar juda xoʻra. Zararkunanda hasharotlar va ularning lichinkalarini koʻplab yeb fonda keltiradi.


Lotin alifbosida maqola: YER QAZIRLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
OSIYO
SUT EMIZUVCHILAR
YEVROPA
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты