XOTIN-QIZLAR KASALLIKLARI

XOTIN-QIZLAR KASALLIKLARI, ayollar kasalliklari, ginekologik kasalliklar — xotinqizlar organizmining anatomik va fiziologik xususiyatlariga bogʻliq kasalliklar boʻlib, ginekologiya fani oʻrganadi. Bu kasalliklar jinsiy sistemaga tegishli boʻlsada, u butun organizmga taʼsir qiladi. Barcha aʼzo va sistemalar bir-biri bilan uzviy bogʻliqligi tufayli Xotin-qizlar kasalliklariga butun organizmning kassalligi deb qarash lozim; ginekologik kasalliklar oʻz navbatida boshqa aʼzo va sistemalar kasalliklari oqibatida ham yuzaga kelishi mumkin. Bunda turli spetsifik va nospetsifik infeksiyalar, bolaliqda boshdan oʻtkazgan kasalliklar, endokrin xastaliklar, moddalar almashinuvining buzilishi, hayotiy muhim aʼzolar patologiyasi asosiy ahamiyatga ega. Xotin-qizlar kasalliklari bir necha guruhlarga boʻlinadi: yalligʻlanish kasalliklari, hayz faoliyatining buzilishi, oʻsma kasalliklari, jinsiy aʼzolar rivojlanishi hamda joylashuvi anamaliyasi va h. k. Xotinqizlarda koʻproq yalligʻlanish kasalliklari kuzatiladi. Bu koʻp jihatdan reproduktiv sistemaning funksiyasi bilan bogʻliq boʻlib, hayz, abort va ayniqsa tugʻruq jarayonida ayol organizmida infeksiya rivojlanishi uchun qulay sharoit vujudga keladi. Bundan tashqari spetsifik infeksiyalar, jinsiy yoʻl bilan yuqadigan kasalliklar — zaxm, soʻzak, trixomonada (q. Trixomonoz), soʻnggi yillarda OITS (SPID), xlamidiyalar va viruslar X. q. k. ning koʻpayishiga sabab boʻlmoqda. Koʻp hollarda Xotin-qizlar kasalliklarini stafilokokk, streptokokk, zamburugʻlar va b. qoʻzgʻatadi. Ogʻir kechuvchi septik holatlarda, asosan, 2 va undan ortiq turdagi mikroorganizmlar kasallik qoʻzgʻatuvchi sifatida ishtirok etadi. Jinsiy aʼzolarning yalligʻlanishi kasalliklariga boshqa aʼzolardagi yalligʻlanish jarayonlari angina, sinusitlar, buyrak kasalliklari va h. k. ham sabab boʻlishi mumkin. Yalligʻlanish qaysi aʼzoda rivojlanishiga koʻra kolpit (qinda), endometrit (bachadonda), salpingit (bachadon nayida), ooforit (tuxumdonda) va b. farq qilinadi. Bu kasalliklarda gavda haroratining koʻtarilishi, intoksikatsiya, bosh ogʻrishi, umumiy ahvolning oʻzgarishi bilan birga mahalliy belgilar — qorin pastida ogʻriq boʻlishi, ogʻriqning oʻziga xos tarqalishi (irradiatsiya), qindan ajralmalar (oqchil) kelishi, baʼzan hayz funksiyasining buzilishi kabi alomatlar kuzatiladi.

Xotin-Qizlar Kasalliklarining koʻpchiligi hayz funksiyasining buzilishi — gipermenstrual sindrom (hayz qoni miqdorining ortishi) yoki, aksincha, gipomenstrual sindrom (hayz qonining kamayishi yoki hayzning siyraklashuvi), disfunksional qon ketishi va boshqalar bilan bogʻliq.

Xotin-qizlar kasalliklaridan jinsiy sistemaning xavfli va xavfsiz oʻsmalari koʻp, ular asosan tuxumdon va bachadonda kuzatiladi, boshqa jinsiy aʼzolarda esa kam uchraydi. Jinsiy aʼzolarning oʻsma kasalliklarini onkologiya oʻrganadi.

Ginekologik amaliyotda jinsiy sistemaning rakoldi kasalliklarini oldini olish muhim, chunki ular vaqt oʻtishi bilan rakka aylanishi ham mumkin. Oʻsmalar ham, rakoldi kasalliklar ham odatda koʻzga yaqqol tashlanmaydigan belgilarsiz kechadi, shu sababli ayollar yiliga ikki marta akusherganekologga koʻrinib turishlari lozim.

Qiz bolalar va yosh qizchalarda ham jinsiy sistema kasalliklari kuzatiladi. Bu, hayz funksiyasining buzilishi va jinsiy aʼzolar rivojlanishidagi anomaliyalardir. Bunga, asosan, uning bolaligida boshidan kechirgan turli kasalliklari, noqulay turmush tarzi, hatto u ona qornidaligidayoq onasining birorbir jiddiy kasallik bilan ogʻrigailigi sabab boʻlishi mumkin. Hayz funksiyasining buzilishi qizlarda hayzning kech yoki erta boshlanishi, nomuntazamligi, qon ketishi va h. k. lar bilan kechadi. Davolash choralari qancha erta boshlansa, shuncha samaraliroq boʻladi.

Jinsiy sistema aʼzolarining rivojlanishi va joylashuvi anomaliyalari ham katta guruhni tashkil etadi; bular qizlik parda, qin, bachadon boʻyni sohasidagi bitishmalar, bachadonning baʼzan ikkita va h. k. boʻlishi. Bu anomaliya lar jarrohlik yoʻli bilan davolanadi. Jinsiy aʼzolar joylashuvi anomaliyalari (bachadon, qin devorlarining turli yoʻnalishda pastga siljishi, hatto tushib ^lishi) koʻpincha tugʻruq asoratlari, baʼzan chanoq tubining tugʻma zaifligi, ogʻir jismoniy mehnat oqibatida yuzaga keladi, bu odatda yoshi kattaroq ayollarda kuzatiladi. Bular jarrohlik usulida davolanadi.

Homiladorlikning asoratli kechishi bilan bogʻliq baʼzi patologiyalar (homiladorlikning erta muddatlarida homilaning tushib qolishi, bachadondan tashqari homiladorlik, yelboʻgʻoz), baʼzi tugʻruq asoratlari (oqma yaralar, qoʻshni aʼzolar shikastlari) ham ginekologik kasalliklarga kiradi.

Xotin-qizlar kasalliklari ichida alohida guruhni neyro endokrin sindromlar tashkil etadi; bu, asosan, gipotalamogipofizar yaatologiyalar bilan bogʻliq. Bular ginekologik hamda endokrinologik yoʻl bilan davolaniladi.

Ayollar jinsiy sistemasi kasalliklarining oldini olish va davolashni respublikamizdagi tarkibida ayollar konsultatsiyam boʻlgan tugʻruq majmui va oilaviy poliklinikalar amalga oshiradi. Toshkentdagi akusherlik va ginekologiya i. t. instituta, shuningdek, uning viloyatlardagi filiallari homiladorlik va tugʻruq jarayonlarining asoratsiz kechishi, onalar va bolalar muhofazasini taʼminlashda akusherlik va ginekologik yordamni ilmiy tashkil etish maqsadida faoliyat koʻrsatib kelmoqda.


Lotin alifbosida maqola: XOTIN-QIZLAR KASALLIKLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
HAYZ
TIBBIYOT
GINEKOLOGIYA
OVQATLANISH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты