YER QUTBLARINING HARAKATI

YER QUTBLARINING HARAKATI — Yer geografik qugblarining yer sathida siljishi. Geografik kengliklarni bir qancha punktlarda koʻp yillardan beri kuzatish natijasida ularning oʻrtacha qiymatidan 0», 3 gacha oʻzgarishi sezilgan. Biror punktning kengligi Df ga ortsa, qarama-qarshi meridianda shuncha kamayadi. Yerga Oy va Quyoshning gravitatsion taʼsiri tufayli Yer oʻqi oʻz vaziyatini oʻzgartiradi, natijada yer qutblari siljiydi. Oʻrtacha vaziyatga nisbatan qutbning yer sathida siljishi 15 m dan ortmaydi; u soat mili yoʻnalishiga teskari yoʻnalishda davriy ravishda siljiydi.

Uni 12 oylik, yillik davr va 14 oylik Chandler davriga ajratish mumkin. Yillik davr Yer atmosferasida havo massasining fasl sari qayta taq-simlanishiga, suv massasining krr va muz tarzida yerning bir yarim sharidan ikkinchisiga oʻtishiga va b. sabablarga bogʻliq. Chandler davri yerning tabiiy tebranishiga va ichki deformatsiyasiga bogʻliq. Buni birinchi marta nazariy jihatdan 1790-y. da Eyler tu-shuntirib bergan. Agar Yer mutlaq qattiq jism boʻlganda edi, uning tabiiy tebranishi taxm. 10 oy boʻlardi. Ammo Yer plastik boʻlib, turli deformatsiyalarga moyil, shu sababli uning tabiiy tebranish davri taxm. 14 oyga teng.

Yer qutblarining harakati 19-a. oxirlarida kashf kilindi. 1898-y. da Yer sharining bir xil (f=+39°08) kengliklardagi olti punktida xalqaro kenglik xizmati st-yalari tashkil etildi (uchtasi AQSH da, uchtasi Italiya, Rossiya va Yaponiyada). Xalqaro kengliklar xizmati dasturiga muvofiq ishlayotgan st-yalar 40 ga yaqin, ular turli geografik kengliklarda joylashgan. Ulardan biri Kitob shahrida 1899-y. dan boshlab barcha st-yalarning izchil kuzatishlari asosida shim. qutbning Yer sathidagi vaziyati yilning har boʻlagi uchun aniqlanib, ilmiy matbuotda eʼlon qilinadi.


Lotin alifbosida maqola: YER QUTBLARINING HARAKATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
XITOY
GEOGRAFIYA
OKEAN
TABIIY GEOGRAFIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты