XOTIRA

XOTIRA — inʼikos etilgan narsa va hodisalarni yoki oʻtmish tajribalarni esda qoldirish va zarur boʻlganda tiklashdan iborat psixik jarayon. U nerv sistemasi xususiyatlaridan biri boʻlib, tashqi olam voqealari va organizm reaksiyalari hakidagi axborotni uzoq saklash hamda uni ong faoliyatida va xulq, xattiharakat doirasida takror tiklash qobiliyatida namoyon boʻladi.

X. hakidagi dastlabki ilmiy qarashlar Sharq mutafakkirlari va yunon faylasuflari (Aristotel va b.)da uchraydi. Xususan, Forobiy X. ga bilishdagi aqliy jarayonning tarkibiy qismi sifatida qarab, Xotirani faqat insonga emas, hayvonga ham xos xususiyat ekanini alohida taʼkidlagan.

Xotiraning fiziologik asosi bosh miya yarim sharlari poʻstlogʻining muvaqqat bogʻlanishi (q. Assotsiatsiya) va ularning keyingi faoliyatidan iborat. Xotira kulami, axborotlarning uzoq vakt va mustaxkam saklanishi, shuningdek, muhitdagi murakkab signallarni idrok etish va adekvat reaksiyalarda ishlab chikish bosh miya nerv hujayralari (neyronlar) sonining koʻpayib borishi hamda uning strukturasi murakkablashuvi jarayonida oʻsib boradi. Fiziologik tadqiqotlarda qisqa va uzok, muddatli Xotiralar qayd etilgan. Qisqa muddatli Xotirada axborotlar bir necha dakiqadan bir necha oʻn minutgacha saqlanadi, neyronlar ishiga xalal berilganda (mas, elektr shok, narkoz taʼsirida) u buziladi. Uzoq muddatli Xotirada axborotlar odam umri boʻyi saqlanib turli taʼsirlarga chidamli boʻladi. Kisqa muddatli X. astasekin uzoq muddatli Xotiraga aylanadi. X. ruhiyatning oʻtmish holati bilan hozirgi holati va kelgusidagi holatlarga tayyorlash jarayonlari oʻrtasidagi oʻzaro aloqadorlikni koʻrsatadi. Boshqa psixik hodisalar kabi X. ham shaxsning xususiyatlari, uning ehtiyoji, qiziqishlari, odati, feʼlatvori va sh. k. bilan uzviy bogʻliq.

X. namoyon boʻlishdagi shakliga koʻra, shartli ravishda emotsional X. (histuygʻuni esda tutish), obraz X. si (narsalarning tasviri va xususiyatlarini esda tutish), soʻzmantiq Xotirasi (narsalarning mohiyati, mazmunini soʻz bilan ifodalangan hodda esda tutish) kabi turlarga boʻlinadi. Bulardan insonda soʻzmantiq Xotirasi yetakchi oʻrin tutadi. Xotiraning barcha turi bir-birlari bilan chambarchas bogʻliq holda kechadi. Psixologiyada, shuningdek, ixtiyoriy va ixtiyorsiz Xotiralar farq qilinadi. Ixtiyoriy Xotirada muayyan materialni esda olib qolish oldindan maqsad qilib qoʻyiladi; ixtiyorsiz Xotirada bunday maksad boʻlmaydi — biror faoliyatda (mas, mehnat jarayonida yoki kim bilandir suhbatlashib turilganda) oʻzoʻzidan esda saqlab qolinadi. Barqarorligi jihatdan ixtiyoriy X. ixtiyorsiz Xotiradan samaraliroq.

Fanda X. bilan bogʻliq ravishda unutish masalasini oʻrganishga ahamiyat berilmoqda. «Normal» unutishni psixik kasalliklardagi X. buzilishidan farq qilmoq kerak. Bu kasalliklarda X. susayishi (gipomneziya), yoʻqolishi (amneziya) yoki bir tomonlama kuchayishi (gipermneziya) kuzatiladi. Baʼzi kasalliklarda u sifat jihatdan buziladi: bemorga boʻlmagan voqealarni goʻyoki oʻz boshidan kechirgandek tuyuladi, yoki qachonlardir boʻlib oʻtgan voqealarni kecha yoki bugun roʻy bergan deb oʻylaydi (konfabulyatsiya, psevdoreminssensiya), Bunday soxta Xotiralar kishida jiddiy ruhiy xastaliklar oqibatida kelib chiqadi. Bunday kasalliklarga bosh miya qon tomirlari aterosklerozi, shikastlanish, miyaga qon quyilishi holatlari, ogʻir zaharlanishlar oqibati (mas, alkogolizmda uchraydigan psixoz) va sh. k. kiradi. X. buzilganda uni keltirib chiqaruvchi asosiy kasallikni davolashga eʼtiborni qaratish kerak.


Lotin alifbosida maqola: XOTIRA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FOROBIY
ARISTOTEL
YUNONISTON
TOSHKENT
YER


Добавить комментарий