XOTIRA VA QADRLASH MAYDONI

XOTIRA VA QADRLASH MAYDONI — Toshkent sh. dagi meʼmoriy majmua; 1999-y. Oʻzbekiston Respublikam Prezidenta Islom Karimov tashabbusi va rahbarligida barpo etilgan. Mustaqillik maydonilaya shim. dagi xiyobonda, mangu alanga yodgorligi atrofida joylashgan boʻlib, maydon kengligini davom ettirib turadi. Maydonning toʻriga Motamsaro ona haykali oʻrnatilgan (haykaltarosh I. Jabborov). Xiyobonning uz. 60 m, uning shim. va jan. tomonida ayvonlar qad koʻtargan, ayvonlar tokchalariga oʻrnatilgan metall taxtalarga 2-jahon urushida halok boʻlgan oʻzbekistonlik barcha jangchilarning ismsharifi bitilgan. Ayvonlar milliy anʼanaviy meʼmorlik uslubida ustunli, vassajuftli qilib qurilgan. Majmuani bunyod etishda va oʻymakorlik bilan jozibador bezashda respublikadagi mohir ustalar: A. A6dullayev (Qoʻqon), X. Bogʻbekov (Xorazm), H. Odilov, S. Rahmatullayev (Toshkent), h1. Sohibnazarov (Samarkand), Y. Toʻlaganov (Andijon) shogirdlari bilan birgalikda qatnashgan (xuddi shunday meʼmoriy inshootlar respublika viloyatlarining markazlarida ham bunyod etilgan).


Lotin alifbosida maqola: XOTIRA VA QADRLASH MAYDONI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ANDIJON VILOYATI
XORAZM VILOYATI
ISLOM
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты