YER HUQUQI

YER HUQUQI — huquqning yer munosabatlarini tartibga soluvchi sohasi. Yer munosabatlari yerdan foydalanish, ayrim turdagi yerlarning huquqiy tartibi, yer tuzish va h. k. ni oʻz ichiga oladi. Fuqarolik huquqi normalari Yer huquqining oʻzagini tashkil etadi. Yer huquqida, shuningdek, maʼmuriy va ekologiya huquqi normalari ham muhim ahamiyatga ega. Yer huquqining normativ ququqiy asosini OʻzR Konstitutsiyasi, Yer kodeksi, Yer kadastri toʻgʻrisidagi, «Qishloq xoʻjalik kooperativlari (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida»gi, «Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida»gi, «Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida»gi qonunlar tashkil etadi. OʻzR Konstitutsiyasiga koʻra, yer umummilliy boylik, u davlat muhofazasida boʻlib, yerdan oqilona foydalanish talab etiladi. Yerga egalik qilish Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksiga koʻra, xususiy mulk, doimiy yoki vaqtinchalik foydalanish, ijara, bir umrlik meros qilib qoldiriladigan egalik huquqi asosida amalga oshiriladi.

Yer huquqi maʼlum tizimga ega. Bu tizim umumiy, alohida va maxsus qismlarga boʻlinib, ular bir qancha tartibotlardan iborat. Yer huquqining umumiy qismi tartibotlari fan tarmogʻi va qonunchilikning rivojlanishi uchun asos boʻladigan eng muhim holatlar, qoidalar yoki tamoyillarni aks ettiradi. U yerga nisbatan mulk huquqi, yer uchastkalariga boʻlgan huquq, davlat boshqaruvi, yer tuzish va yer kadastrini yuritish, yerni huquqiy muhofaza qilish, yer qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik kabi tartibotlarni oʻz ichiga oladi. Yer huquqining alohida qismiga q. x. ga moʻljallangan yerlar, aholi punkti yerlari, sanoat, transport, mudofaa yerlari, alohida muqo-faza etiladigan hududlar yerlari, oʻrmon fondi, suv fondi yerlari, zaxira yerlar tartibotlari kiradi. Yer huquqining maxsus qism i da chet davlatlar Yer huquqi toʻgʻrisida maʼlumot berilishi mumkin.

Muhammadi Usmonov.


Lotin alifbosida maqola: YER HUQUQI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XUSUSIY MULK
XITOY
TOSHKENT
ROSSIYA
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты