XOTTA

XOTTA Yoshie (1918.17.7, Toyama 1998.5.9, Yokoxama) — yapon yozuvchisi. Keyo universitetining fransuz adabiyoti boʻlimini tugatgan (1942). Talabalik yillarida sheʼrlar yozgan. 1945-y. da Xitoyga madaniy faoliyat uchun yuborilgan va Shanxayda yapon yozuvchilari bilan tanishgan. Yaponiyaga qaytgach, Xitoyda orttirgan tajribasiga asoslanib, «Toʻlkin ostida» (1948), «Vatandan ayrilish» (1950) va b. romanlarini yozgan. «Vatan xoini» (1951) va «Maydon yolgʻizligi» (1951) romanlari ham bor. «Maydon yolgʻizligi» romanida yapon ziyolilari, uning Koreya urushi paytida paydo boʻlayotgan militarizmga nisbatan tashvishlari aks etgan. 1977-y. dan Ispaniyada yashagan. 1978-y. Toshkentga kelgan. Xottaning isteʼdodi uning ijtimoiy romanlarida yaqqol koʻzga tashlanadi. Yaponiyaning 1939—45 y. lardagi, 2-jahon urushining soʻnggi yillari va urushdan keyingi dastlabki yillardagi faoliyati «Haykal» (1955) romanida keng talqin qilingan, Xirosima fojiasi va urushning maʼnaviy asoratlari muammosi «Sud» (1960—63) va «Koʻprikdagi manzara» (1970) romanlarida oʻz aksini topgan. «Goya» (4 jiddli, 1974—77) asari ham bor.


Lotin alifbosida maqola: XOTTA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YAPONIYA
XITOY
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты