XOFMAN

XOFMAN (Gofman) Roald (1937. 18.7, Zlochev, Polsha) — amerikalik kimyogar. AQSH Milliy FA aʼzosi (1972). Kolumbiya universitetini tugatgan (1958). 1965-y. gacha Garvard universitetida ishlagan, 1965-y. dan Kornell universitetida ishlaydi (1968-y. dan prof.). Asosiy i. t. lari kimyoviy kinetika va kimyoviy reaksiyalar mexanizmini oʻrganishga oid. R. B. Vudvord bilan hamkorlikda moslashgan reaksiyalar uchun orbital simmetriyaning saqlanish qoidasini (Vudvord— Xofman qoidasi) taklif qilgan (1965). Kimyoviy oʻzgarishlar yoʻlidagi energetik gʻovlar shakllanishining fizik mohiyatini aniqlagan (1970). Stereokimyo va kompleks birikmalar sohasidagi tadqiqotlarni rivojlantirgan (1978 — 80). Nobel mukofoti laureati (1981; K. Fukui bilan hamkorlikda).


Lotin alifbosida maqola: XOFMAN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
POLSHA
FRANSIYA
KIMYO
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты