XOFSTEDTER

XOFSTEDTER (Hofstadter) Robert (1915.5.2, NyuYork — 1990) — amerikalik fizik. Prinston universitetini tugatgan (1938). Prinston universitetida (1946-y. dan), Stanford universitetida (1950-y. dan, 1954-y. dan prof.) ishlagan. Gammakvantlar, neytronlar va rentgen nurlanishlarini qayd qilish uchun moʻljallagan hisoblagichlarni yaratgan. Kosmik nurlarni va relyativistik elektronlar vujudga keltirgan kaskadjalalarni oʻrgangan. Elektronlarning nuklonlarda tarqalishiga doyr fundamental ishlarni amalga oshirgan, natijada nuklonlarning strukturasini bilishga imkon tugʻilgan. Nobel mukofoti laureati (1961).


Lotin alifbosida maqola: XOFSTEDTER haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



RENTGEN NURLARI
KOSMONAVTIKA
RENTGEN APPARATI
KOSMIK NURLAR
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты