YERDAN TASHQARIDAGI SIVILIZATSIYALAR

YERDAN TASHQARIDAGI SIVILIZATSIYALAR — hoz. zamon ilmiy tasavvurlariga koʻra, Yerdan boshqa (mas, uzoq yulduzlar atrofida aylanadigan) sayyoralarda yashashi mumkin boʻlgan aqlli mavjudotlar jamiyatlari. Ularning taraqqiyot darajasi insoniyatning taraqqiyot darajasiga yaqin yoki undan yuqori deb faraz qilinadi. Yerdagi hayot evolyutsiyasi (bir hujayralilardan koʻp hujayralilar sari, koʻp hujayrali tuban organizmlardan yuqori organizmlar sari taraqqiy etish), shuningdek, Metagalaktikaning milliard-milliard sayyoralardan tashkil topganligi va bu sayyoralarning ayrimlarida organik hayot paydo boʻlib rivojlanishi uchun shartsharoitlar mavjudligi ehtimoli Yerdan tashqarida, Koinotning biror qismida hayotning mavjud boʻlishini taqozo etadi. Mazkur umumiy mulohaza asosida, shuningdek, Yerga yaqin Mars va Venerada atmosfera va b. fizik shart-sharoitlar mavjudligiga qarab, bu sayyoralarda hayotning eng oddiy shakllari bor degan taxminlar paydo boʻlgan. 20-a. ning 50— 60-y. larida sayyoralardagi hayot uchun zarur boʻlgan fizik sharoitlarni oʻrganish natijasida Oyda, Venera, Mars va Quyosh sistemasining boshqa sayyoralarda Yerdagidek oliy hayot shakllari boʻlmasligi isbotlandi. Lekin Marsdagina eng oddiy hayot shakllari boʻlishi mumkin deb taxmin qilinadi. Quyosh sistemasiga yaqin turgan va oʻz sayyoralar sistemasiga ega boʻlgan koʻpgina yulduzlarning tabiiy sharoitlarini oʻrganish ana shu sayyoralar sistemasida hayot paydo boʻlib, rivojlanishi mumkin degan ehtimolni deyarli yoʻqqa chiqardi. Hozir juda kamdan-kam yulduzlardagina hayot bunyodga kela oladigan sohalar boʻlishi mumkin deb taxmin qilinadi.

Yerdan tashqaridagi sivilizatsiyalarning mavjudligi haqidagi masala hoz. vaktda ehtimoldan xoli boʻlmagan gipoteza boʻlib, hali eksperimental dalillar bilan tasdiqlangani yoʻq. Kosmonavtikaikj keyingi taraqqiyoti va Koinotdan kelayotgan elektromagnit nurlarni oʻrganish sohasidagi tekshirishlar Yerdan tashqaridagi sivilizatsiyalar bor degan taxminni quvvatlaydigan yoki boʻlish ehtimolini kamaytiradigan dalillarni beradi.


Lotin alifbosida maqola: YERDAN TASHQARIDAGI SIVILIZATSIYALAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
HAYOTNING PAYDO BOʻLISHI
YULDUZLAR
OKEAN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты