XOXLOV ELCHILIGI

XOXLOV ELCHILIGI — rus podshosi M. F. Romanov (1613—45) Buxoro xoni Imomqulixon huzuriga boyar Ivan Danilovich Xoxlov boshchiligida yuborgan diplomatik missiya (1620 —22). Imomqulixon tomonidan yuborilgan Odambiy rahbarligidagi elchilik (1619—20) ka javoban joʻnatilgan. I. D. Xoxlovga avvalo Buxoro xonini Rossiya bilan savdo va doʻstona aloqalar oʻrnatishga koʻndirish, Buxorodagi rus asirlarini ozod etish, Buxoro xonligining Turkiya, Eron, Gruziya, Xiva xonligi bilan aloqalari qanday ekanligi, Buxoroning harbiy qudrati haqida maxfiy maʼlumotlar toʻplash va b. vazifalar yuklatilgan. Elchilar Qozondan 1620-y. 21-iyunda Buxoro va Xiva elchilari Odambiy va Rahimqul hamrohligida yoʻlga chiqqanlar. Ular Astraxon — Kaspiy dengizi — Toʻpqaragʻan pristani — Urganch — Xiva — Xonqa — Qizilqum — Xayrobod — Buxoro yoʻnalishi bilan manzilga yetib kelishgan. Elchilarni Imomqulixon yaxshi kutib olgan. Saroydagi 23 rus askari ozod qilingan, qolgan asirlar esa turli sabablarga koʻra ozod etilmagan. I. D. Xoxlovning hisobotida xonlikning ichki va xalqaro ahvoli, Buxoro xonligidagi ijtimoiyiqtisodiy (soliqlar, shahar, qishloqlardagi ahvol), siyosiy vaziyat, shuningdek, etnografik xarakterdagi maʼlumotlar toʻplangan.

Ad. Axmedov B. A., Istorikogeograficheskaya literatura Sredney Azii XVI— XVIII vv. Pismennыye pamyatniki, T., 1985; Gulyamov Xoxlov Elchiligi, Iz istorii diplomaticheskix otnosheniy Rossii s Buxarskim xanstvom v XVIII v., T., 1992.


Lotin alifbosida maqola: XOXLOV ELCHILIGI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



GRUZIYA
ROSSIYA
ERON
TOSHKENT
TURKIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты