YERDAN FOYDALANISH

YERDAN FOYDALANISH — yerdan foydalanish tartibi, shartlari va shakllari. Turli mamlakatlarda turlicha boʻlishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashaydigan xalqlarning yerga mulkchilik huquqi davlat tomonidan amalga oshiriladi. Yer q. x. va oʻrmon xoʻjaligini yuritish uchun shirkat (jamoa) xoʻjaliklariga, davlat, kooperativ, jamoat korxonalariga, muassasalar va tashkilotlarga, diniy tashkilotlarga, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga, qoʻshma korxonalarga, xalqaro birlashmalar va b. ga doimiy yoki vaqtincha foydalanish uchun beriladi. Yerdan foydalanish tartib va shartlari Yer kodeksi bilan belgilanadi. Yerni foydalanishga berish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maqkamasi, viloyat va tuman (shahar) hokimliklari qarorlari asosida amalga oshiriladi. Odatda, yerga egalik qilish va yerdan foydalanish huquqiga ega boʻlgan korxona, muassasa, tashkilot va fuqarolar yerdan doimiy foydalanuvchilar deb hisoblanadi.

Yerdan vaqtincha foydalanish qisqa (3 y. gacha) va uzok. (3 y. dan 10 y. gacha) boʻlishi mumkin. Fermer xoʻjaliklari uchun 50 y. gacha, yaylov chorvachiligi uchun yer maydonlari 25 y. gacha muddatga berilishi mumkin. Qishloq va oʻrmon xoʻjaligi korxona, tashkilot va muassasalariga, dehqon va fermer xoʻjaliklariga yerdan doimiy foydalanish huquqi davlat dalolatnomasi bilan guvohlanadi hamda yerga egalik qilish huquqining himoya qilinishi davlat tomonidan taʼminlanadi. Yer egaliklariga qarashli yerlarni vaqtincha foydalanishga berilganda belgilangan muddatdan soʻng tuproqning unumdorligini dastlabki holatiga keltirib qoʻyilishi shart (q. Yer rekultivatsiyasi).

Q. x. da yerdan oqilona foydalanish maqsadida boshqa yordamchi tarmoqlarni ham mutanosib rivojlantirish uchun ekinzor yerlar ajratiladi. Bunda almashlab ekishni joriy etish chorvachilik, sabzavotchilik, pillachilik, bogʻdorchilik kabi qoʻshimcha tarmoqlar talabi ham hisobga olinadi.

Qosimjon Rahmonov.


Lotin alifbosida maqola: YERDAN FOYDALANISH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
YER
General Chernyayevning Toshkentga bosqini


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты