YEREVAN

YEREVAN (1936-y. gacha Erivan) — Armaniston Respublikasi poytaxti. Armanistonning maʼmuriy, madaniy va ilmiy markazi. Ararat tekisligining shim. chekkasida, Razdan daryosi (Arakening chap irmogʻi) boʻyida. Iqlimi keskin kontinental. Yozi quruq va issiq, qishi qisqa, sovuq. Avg. ning oʻrtacha t-rasi 24,8°, yanv. niki —4,2°. Yiliga 320—350 mm yogʻin yogʻadi. Aholisi 1249 ming kishi (1995). Arxeologik qazishlarda topilgan mixxatli tosh boʻlagidan maʼlum boʻlishicha, Urartu podshosi Argishti I mil. av. 782-y. da Erebuni qalʼasini qurdirgan (shahar nomi ham shundan). Oʻsha qalʼa yonida hoz. Yerevan vujudga kelgan. 13-a. oʻrtalaridan siyosiy va iqtisodiy mavqei orta borgan. 1604-y. Ye. ni Eron shohi Abbos I qoʻshinlari egallaganidan keyin shahar Yerevan xonligining markaziga aylandi. 17-a. da Yerevan yirik karvon savdosi va hunarmandchilik markazlaridan biri. Rossiya-Eron urushi (1826 — 28)dan soʻng Yerevanni 1827-y. 1 okt. da rus qoʻshinlari egalladi va Turkmanchoy shartnomasi (1828) ga binoan Ye. Rossiyaga oʻtdi. 1828—40 y. larda Ye. Armaniston viloyati markazi, soʻng uyezd shahri, 1849-y. dan Erivan gubernyasi markazi. Yerevanning Aleksandropol (hoz. Gyumri) t. y. orqali Tbilisi (1902) va Julfa (1908) bilan bogʻlanishi shaharning iqtisodiy jihatdan rivojlanishiga olib keldi.

Yerevanda 1920-y. 29-noyabrda shoʻrolar hokimiyati oʻrnatildi. 1921-y. 2 apr. da Ye. Armaniston SSR poytaxti deb eʼlon qilindi. 1991-y. avg. da sovetlar hokimiyati barham topgach, oʻsha yilning 24 sent. dan Yerevan mustaqil Armanistonning poytaxti boʻldi.

Yerevan — Armanistonning muhim sanoat markazi. Mashinasozlik, kimyo va neft kimyosi, oziq-ovqat, yengil sanoat, mashinasozlik (elektronika sanoati va b.), kimyo va neft kimyosi (plastmassa, kimyoviy tola va reaktivlar, shina va b.) sanoatlari taraqqiy etgan. Sintetik kauchuk k-ti, «Polivinilatsetat», «Plastik», lak-boʻyoq z-dlari, farmatsevtika korxonasi, issiqlik elektr st-yasi mavjud. Asosiy oziq-ovqat sanoati korxonalari — vino, goʻsht, yogʻ-moy, eksperimental tamaki k-tlari, konyak, shampan vinolari, konserva z-dlari, yengil sanoat korxonalari — ipak va kamvol k-tlari, movut, trikotaj, ip, qoʻlqop, tikuvchilik, gilam, koʻn poyabzal f-kalari, kurilish materiallari korxonalari mavjud. Alyuminiy ishlab chiqariladi. Yerevan — Armanistonning muxim transport tuguni. Tbilisi, Boku va Sevan bilan t. y. liniyalari orqali bogʻlangan. Avtomobil yoʻllari tuguni. 2 aeroport, metropoliten (1981-y. dan), telemarkaz (1956-y. dan) bor.

Armaniston Respublikasi Fanlar akademiyasi (1943-y. dan), 11 oliy oʻquv yurti (Yerevan universiteti, politexnika, tibbiyot, zootexniya-veterinariya in-tlari, konservatoriya va b.), «Matenadaran» qad. qoʻlyozmalar in-ti, 13 teatr (shu jumladan opera va balet teatri, musiqali komediya teatri, filarmoniya, konservatoriya), 21 muzey (shu jumladan Armaniston tarixi muzeyi, Kartinalar galereyasi, Bolalar kartina galereyasi, Teatr muzeyi), Hukumat uyi (1955) bor.

Ad.: Akopyan T. X., Istoriya Yerevana (1801-1879 gg.), Yerevan, 1959.


Lotin alifbosida maqola: YEREVAN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ROSSIYA
ARMANISTON
XITOY
ERON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты