XOHISH

XOHISH (psixologiyada) — muayyan harakatni bajarishga intilish haqidagi tasavvur va shu yoʻldagi kechinma. Harakatning amalga oshuvi Xohishning qondirilishini ifodalaydi. Etika va ijtimoiy psixologiyada X. intilish, aniqrogʻi, biror maqsad, ideal, orzuga erishish impulsi sifatida qaraladi.

X. — shaxs xulqi va faoliyatini belgilovchi muhim psixik holatlardan biri; u bu holatlarning motivlari va irodaviy tomonini ifodalaydi. Shuning uchun X. psixologiyada faqat mayl yoki faoliyat obyektiga intilish sifatida emas, balki bu faoliyatni amalga oshirishni xohlash va niyat kilish sifatida xam bayon kdpinadi. Xohishning rivojlanishi uni qoniqtirish usul va sharoitlari, Xohishning barqarorligi, uzoq sakdanishi va kuchi bilan belgilanadi. Shunga kdrab X. bajarilishi mumkin boʻlgan, noreal, ziddiyatli, bemaʼni, maqsadli va b. turga boʻlinadi. X. insonning qiziqishi va eʼtiqodi bilan birga oʻz faoliyatiga ongli munosabatda boʻlishini ham ifodalaydi.


Lotin alifbosida maqola: XOHISH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
FEʼL
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты