YEREMYAN Varsham Nikitovich

YEREMYAN Varsham Nikitovich [1897.6(19).12, Togʻli Qorabog, Darnavarz qishlogʻi — 1963.12.2, Toshkent] — kino rassomi, grafik, rangtasvirchi rassom. Oʻzbekiston xalq rassomi (1944). Samarqand rassomlik maktabida (1918—21), Oʻzbekiston Rassomlari uyushmasi qoshidagi rassomlar malakasini oshirish studiyasida (1939—40) oʻqituvchi. 1934-y. dan kinoda, 1944-y. dan «Oʻzbekfilm»da bosh rassom. Ijodini Samarqand manzaralari aks ettirilgan etyudlar yaratish bilan boshlagan (Samarqand meʼmoriy obidalari aks etgan etyudlar turkumi, 1910—50 y. lar). Yeremyanning kinodagi ijodi («Nasriddin Buxoroda», 1944; «Tohir va Zuhra», 1946; «Alisher Navoiy», 1947 va b.) Oʻrta Osiyo xalqlari madaniyati va maishiy hayotini tarixiy badiiy yoritilishining teranligi, koloritni chuqur his qilinishi, kompozitsiya yechimi bilan ajralib turadi. Shuningdek, portretlar («Avtoportret», 1926) chizgan, kitoblarni badiiy bezagan (S. Ayniyning «Qullar», «Eski maktab» asarlarini birinchi boʻlib bezagan; «Tojik folklori», «Oʻzbek xalq ertaklari» va b.).


Lotin alifbosida maqola: YEREMYAN Varsham Nikitovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
TOSHKENT
KINO SANʼATI
XALQ IJODI
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты