YERLARNING MELIORATIV HOLATI

YERLARNING MELIORATIV HOLATI — yer maydonlarini q. x. da foydalanishga yaroqliligi nuqtayi nazaridan baholash. Meliorativ holati qonikarli yerlarga tuproq unumdorligini tubdan yaxshilash talab kilinmaydigan, dehqonchilik qilishga monelik kiladigan nuksonlari boʻlmagan yerlar kiradi. Meliorativ noqulaylik toifasi yoki turi birinchi navbatda, tabiiy — geografik sharoitlarga, shuningdek, dala meliorativ sharoitlarining dehqonchilik yuritishga mos kelmasligiga bogʻliq. Meliorativ jihatdan noqulay yerlarga qatʼiy aniktuproqiqlim va gidrogeologik sharoitlarda joylashgan botqoqlashgan, jarliklar b-n oʻyilgan, toshloq, tuprogʻi yuvilib ketgan, shoʻrlangan, shoʻrtoblar va shoʻrxok yerlar kiradi. Meliorativ holatiga koʻra noqulay suv rejimiga ega boʻlgan yerlar sugʻorish, zax qochirish, suv chiqarish; noqulay fizik va kimyoviy xossali yerlar tekislash, shoʻr yuvish, kimyoviy meliorantlar qoʻllash, ohaklash, gipslash, suv va shamol taʼsirida eroziyaga uchragan yerlarda ihota oʻrmonzorlari tashkil etish, ilmiy asoslangan sugʻorish usullari va meʼyorlarini qoʻllash kabi tadbirlarni talab qiladi (q. Melioratsiya).


Lotin alifbosida maqola: YERLARNING MELIORATIV HOLATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
GEOGRAFIYA
MELIORATSIYA
TABIIY GEOGRAFIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты