YERMAK

YERMAK, Yarmoq (asl ismi Vasiliy) Timofeyevich (7—1585.6.8) — kazak atamani. Podsho Ivan IV koʻlida xizmat qilgan. Sibirga qilgan yurishi b-n Rossiyaning Sibirni bosib olishini boshlab berdi. Katta Noʻgʻoy oʻrdasi xoni Urmuhammad, Yermak 1581-y. yozidauning 1060 bosh otini haydab ketgani uchun Ivan IV dan Yermakni tutib berishni soʻrab, elchi joʻnatadi. Ivan IV rozi boʻladi. Yermak oʻz toʻdasi bilan Volga boʻylarini tashlab, Kama daryosi havzasidagi tuz konlari egasi katta sanoatchi Stroganovlar mulkiga kelishga majbur boʻladi. Stroganovlar Yermakdan oʻz mulklarini Sibir xoni Kuchumxonaai qoʻriqlashni soʻraydi. 1582-y. Ye. kazaklari bilan Sibirning ichkarisigacha yurish qiladi. 1582-y. Irtish boʻyida 3 kunlik (23—25 okt.) jangda Kuchumxonning qoʻshinini yengib poytaxt Qoshlik (Tobolskdan 17 km uzoklikda) ni egallaydi. Ye. Qoshliqda 2 yil turadi. Yermak 100 nafar kazagi bilan qoʻshinlarni ozuqa va kiyim bilan taʼminlash uchun Irtishning yuqori oqimiga qarab yurib, Begish qalʼasini egallaydi. Yermakni katta kuch bilan taʼqib qilib yurgan Kuchumxon unga qarshi Kuchugay boshliq qoʻshinni joʻnatgan. 1585-y. 6 avg. ga oʻtar tunda toʻsatdan qilingan hujum natijasida Yermak druji-nasi tor-mor qilingan. Yermak yarador holda Vagay daryosidan suzib oʻtish chogʻida choʻkib oʻlgan. Yermak drujinasining qolgan-qutganlari Qoshlikni tashlab qochganlar.

Ad. Nikitin N. I., Osvoyeniye Sibiri v XVII v., M., 1990; Shuikov V. I., Ocherki po istorii kolonizatsii Sibiri v XVII – nach. XVIII v., M.-L., 1946; Skrinnikov R. G., Sibirskaya ekspeditsiya Yermaka, Novosibirsk, 1986.

Naim Norqulov.


Lotin alifbosida maqola: YERMAK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
KIYIM
ROSSIYA
Qo'qon xonligining tugatilishi
Qo'qon xonligining tugatilishi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты