XRIZOLIT

XRIZOLIT, peridot (yun. chrysos — oltin va lithos — tosh) — mineral, oliviyusht shaffof, oltin tusli, yashil rangli nafis turi. Tarkibidagi rangiga taʼsir qiluvchi FeO 8 — 15% dan kam emas. X. prizma shaklidagi kristallar hosil qiladi. Murt. Kislotalarda yaxshi eriydi. Oson sayqallanadi. Kam uchraydi, asosan, kimberlitlar, ishqorli olivinli bazaltlar, serpentinlangan peridotitlar, ultraasosli ishqorli jinslarda hamda sochmalarda uchraydi. Kizil dengizdagi Zeberged o. da eng mashhur yirik kristallari topilgan. X. AQSH, Myanma, JAR, RF (Saxa)da ham mavjud. Kddimda zargarlik ishlarida X. nomi boshqa yashil rangli qimmatbaho toshlar: demantoid (granatning turi), oltinyashil rangli topaz, xrizoberill, vezuvianlarga ham qoʻllanilgan.


Lotin alifbosida maqola: XRIZOLIT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
MINERAL
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
TOSHKENT
XITOY


Добавить комментарий