XRISTIANLIK

XRISTIANLIK — jahonda keng tarqalgan dinlardan biri. Yevropa, Amerika mamlakatlarida, Avstraliyada, faol missionerlik xarakati natijasida Afrika, Yakin Sharqda va Uzoq Sharqning birnecha mintaqalaridakeng yoyilgan. Jahonda bu dinga taxm. 2 mlrd. kishi eʼtiqod qiladi. Xristianlikning asosiy goyasi xudoodam — Iisus Xristos (Iso masih; q. Iso) haqidagi rivoyatlar bilan bogʻliq. X. taʼlimotiga kura, Xudo yagona, lekin u mutsaddas uchlik (troitsa)da namoyon buladi. Iso kelajakda tiriklar va oʻliklar ustidan hukm chiqarish uchun oxirat kuni yerga kdytib keladi. Uning oʻgitlariga, vasiyatlariga amal qilganlar, hayot mashaqqatlariga u kabi bardosh berganlargina narigi dunyoda ajr (mukofot) ga erishadilar. Xristianlikning aqidalari, eʼtiqod talablari, huquqiy va axloqiy normalari, cheklash va takiklari Bibliya va b. mukaddas kitoblarda oʻz ifodasini topgan. X. 1-a. ning 2-yarmida Rim imperiyasining sharqiy qismida yashovchi yahudiylar oʻrtasida paydo boʻlgan. Ilk X. dastlab iudsshzmdt ajralib chiqqan. Sharq dinlariga xos ayrim tasavvurlar ham unda oʻz ifodasini topgan. Xristian jamoalarining ijgimoiy tarkibi vakt utishi bilan ruhoniylar (klir) va oddiy jamoa aʼzolari (miryan)ga boʻlingan. Ayrimayrim jamoalar oʻrtasidagi aloqalarning mustahkamlanishi yepiskop boshliq cherkovnyang tarkib topishiga olib keldi. Cherkov katta boylik toʻplab, siyosiy kuchga aylanib borgan. Dastlab xristianlarni taʼqib etgan Rim imperatorlari keyinchalik X. tarafdorlari boʻldilar. 4-a. da X. Rim imperiyasida mavjud ijtimoiy tuzum va uning tartiblarini himoya qiluvchi davlat diniga aylandi. Rim imperiyasining garbiy va sharqiy qismidagi oʻziga xos tarixiy taraqqiyot X. cherkovini ikkiga: katolitsizm (imperiyaning gʻarbiy qismi) va pravoslaviyem (sharqiy qismi) boʻlinishiga olib keldi. Xristianlikning bu boʻlinishi 1054-y. da rasman eʼtirof etilgan boʻlsada, biroq bu jarayon 13-a. ning boshlarida tugallangan. 16-a. da Reformatsiya natijasida Yevropadagi kagor cherkovlar katolitsizmdan ajralib chiqib, Xristianlikning uchinchi asosiy oqimi — protestantizm yuzaga keddi. 19-a. ning oxirida xristian cherkovlarining missionerlik faoliyati kuchaydi.

Mil. ning boshlaridayoq X. Markaziy Osiyo, ayniqsa, Marv va Baqtriyada keng tarqalgan edi. Ana shu davrda xristianlarning Markaziy Osiyoda mavjud boʻlganini cherkov, monastir, Xristianlikka oid buyum, qabrtosh hamda tanga kabi tarixiy ashyoviy dalillar isbotlaydi. Arablar bu hududni egallaganidan soʻng xristian jamoalarining faoliyati toʻxtagan. Xristianlikning Turkiston oʻlkasida keyingi paydo boʻlishi 19-a. ning 40-y. lariga toʻgʻri keladi. Oʻrta Osiyoda muqim pravoslav cherkovlarining birinchisi 1847-y. da Sirdaryo viloyatidagi Raim istehkomida qurildi. Shundan keyin Avliyoota (1866), Julek va Marki (1866), Turkiston (1866), Chinoz (1868), Oʻratepa (1867) istehkomlari, Toshkent (1865), Chimkent (1868), Jizzaxda (1866) pravoslav jamoalari tashkil qilinib, ularda doimiy harbiy ruhoniylar faoliyat olib bordilar. Soʻngra Zarafshon okrugiga qarashli Samarkand va Kattaqoʻrgʻonda ham jamoalar shakllandi. 1871-y. Rossiya imperatorining farmoniga binoan, Turkiston yeparxiyasi tashkil etilib, uning markazi Verniy (hoz. Olmaota) sh. da joylashdi. 20-a. boshlariga kelib Turkistonda 306 pravoslav cherkovi bor edi. Bundan tashqari, oʻlkada 10,1 ming staroobryadchilar, 8,2 ming lyuterchilar, 7,8 ming katolik, 26 ming yaxudochilar, 17,1 mingga yaqin boshqa dinga mansub kishilar istiqomat qilar edi. 1916-y. oxiriga kelib yeparxiya markazi Toshkentga koʻchiriddi. Bu vakt Toshkentda 16 ta cherkov faoliyat koʻrsatar edi. 1936-y. da Rus Pravoslav cherkovi Patriarxining qaroriga asosan, yeparxiya Toshkent va Oʻrta Osiyo hamda Olmaota va Qozogʻiston yeparxiyasi nomi bilan 2 ga ajratidsi. Toshkent va Oʻrta Osiyo yeparxiyasi tasarrufiga Oʻzbekistondan tashqari Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmanistondagi rus pravoslav cherkovlari xam kiradi. Hoz. kunda Oʻzbekistonda Xristianlikning turli oqimlariga mansub dindorlar yashaydi.


Lotin alifbosida maqola: XRISTIANLIK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
YER
XITOY
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты