XROM

XROM (yun. chroma — rang, boʻyoq, birikmalari yorqin rangli boʻlgani uchun, lot. Chromium) , Cr — Mendeleyev davriy sistemasining VI guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib rakami 24, at. m. 51,996. X. ning 4 ta barqaror izotopi mavjud: 50Sg (4,31%), 52Sg (83,76%), 53Sg (9,55%) va 54Sg (2,38%). X. ning sunʼiy radioaktiv izotoplaridan eng muhimi 51Sg (T1/2=27,8 kun).

Xromni dastlab fransuz kimyogari L. Voklen 1797-y. tabiiy qoʻrgʻoshin (II) xromat — krokoit (RSgO4) minerali tarkibidan topgan. Sof Xromni Bunzen xrom (I)xlorid eritmasini elektrolizlab olgan.

X. Yer poʻstining massa jihatidan 0,035% ini tashkil qiladi. Asosiy minerallari: xromit FeCr2O4, krokoit RSgO4, uvarovit CaCr2(SiO4)3. Bulardan xromit (xromli temirtosh) katta amaliy ahamiyatga ega. X. oqkulrang, qiyin eriydigan yaltiroq qattiq metall. Suyuqdanish trasi 1890°, qaynash trasi 2680°, zichligi 7,2 g/sm3. Havoda Xromning sirti oksid parda bilan krplanadi, bu parda Xromni keyingi oksidlanishdan saqlaydi. Xromga uglerod qoʻshilsa, uning qattikligi yanada ortadi. X. quyi tralarda nihoyatda inert modda, lekin qizdirilganida kislorod, azot, uglerod, oltingugurt va galogenlar bilan reaksiyaga kirishadi. Mas, xrom (Sh)oksid Sg2O3 xrom (III)xlorid SgS13, xrom (III) sulfid CrS3, xrom (Sh)nitrid CrNzLap hosil qiladi. Xrom (III)sulfid faqat quruq muhitdagina barqaror, suv taʼsirida gidrolizga uchraydi, natijada xrom (Sh)gidroksid va vodorod sulfid hosil boʻladi. Xromning galogenidlari ichida X. xloridlari muhim ahamiyatga ega. X. (P) xlorid SgS12 — rangsiz gigroskopik kristall modda. Suyuqlanish trasi 824°, zichligi 2,88 g/sm3. Xromometriyada ishlatiladi. X. (Sh)xlorid SgS13 — binafsha tusli kristall modda. Suyukdanish trasi 1152°, zichligi 3,03 g/sm3. X. (1U) xlorid SgS14 — qizdirilganda SgS13 hosil boʻladi. X. olishda ishlatiladi. X. nitrat kislota va zar suvida faqat qizdirilganida ozgina eriydi. X. oʻz birikmalarida 2, 3, 4, 6 valentli. 2 valentli X. birikmalari beqaror, 3 valentliginiki barkaror moddalardir.

Sanoatda xrom (Sh)oksid kaliy bixromatni koks yoki oltingugurt bilan qaytarib olinadi. Xrom (Sh)oksid X. olishda, moyli va akvarel boʻyoqlar tayyorlashda ishlatiladi. 3 valentli Xromning koʻpchilik tuzlari suvda yaxshi eriydi, lekin gidrolizga uchraydi. Xrom (III)sulfat kaliy (natriy, rubidiy, seziy) sulfat taʼsirida kristallanib, qoʻshaloq tuz — X. li achchiqtosh hosil qiladi.

Xrom (U1)oksid, SgO3 — xromat angidrid suv bilan 2 xil kislota: N2 SgO4 (xromat kislota), N2SgO7 (bixromat kislota), ishqorlar bilan xromatlar hosil qiladi. Xrom (hT)oksid nixryatda kuchli oksidlovchi. Xromning SYU5 tarkibli peroksidi va N2SYU6 tarkibli peroksokislotasi mavjud.

X. poʻlat va temirdan yasalgan buyumlarning sirtini korroziyadan saklash maqsadida xromlashda, ularga bezak berishda, qattiq va puxta, shuningdek, zanglamas sifatli poʻlatlar tayyorlashda keng qoʻllanadi. X. olovbardosh, kislotalar taʼsiriga chidamli. X. birikmalari zaharli, ular boʻyoq sifatida, fotografiyada, pirotexnikada, kun sanoatida va b. sohalarda ishlatiladi.


Lotin alifbosida maqola: XROM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
MENDELEYEV DAVRIY SISTEMASI
FRANSIYA
TEMIR
TITAN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты