YERNING METEOROLOGIK SUNʼIY YOʻLDOSHLARI

YERNING METEOROLOGIK SUNʼIY YOʻLDOSHLARI — bulut qatlamining atmosferada taqsimlanishini kuzatish, Yer sirti va atmosferaning issiklik nurlanishini va Quyoshning qaytgan radiatsiyasini oʻlchash uchun moʻljallangan apparatlar. Ob-havoni oldindan aytish uchun meteorologik maʼlumotlar olish maqsadida foydalaniladi. Mas, «Kosmos», «Molniya» tipidagi sunʼiy yoʻldoshlarning baʼzilari, «Meteor»; amerika sunʼiy yoʻldoshlari — «Tiros», «Nimbus» va b. Bular, odatda, 500—1200 km balandlikda uchadi.

Yerning meteorologik sunʼiy yoʻldoshlariga oʻrnatilgan asboblar yordamida Yerning yorugʻ tomonidagi bulutlar rasmga tushiriladi va Yerga uzatiladi. Yerning qorongʻi tomonidagi bulutlarni ham ular yordamida aniqlash mumkin. Bunda infraqizil nurlardan foydalaniladi. Yerning meteorologik sunʼiy yoʻldoshlari s y. dagi baʼzi asboblar b-n Yerga va atmosferaga kelayotgan hamda cheksiz fazoga chiqib ketayotgan radiatsiya oʻlchanadi. Shu asosda issiqlik balansi hisoblanadi. Yerning meteorologik sunʼiy yoʻldoshlari s y. yordamida okean suvi sathi, yer yuzasi va atmosferaning har xil qatlamlaridagi havo t-rasi namligi oʻlchanadi.

Okean, choʻl va togʻlarda meteorologik st-yalar kam boʻlganidan bu yerlarning iqlimi kam oʻrganilgan. Yerning meteorologik sunʼiy yoʻldoshlari s y. dan olingan maʼlumotlar yordamida shu hududlarning iqlimi ham oʻrganiladi. Dengiz muzining birinchi rasmi Ye. m. s y. yordamida olingan (1960). Qor va muz soxalarining fasllarga bogʻliq ravishda oʻzgarish xaritalari tuzib chiqilgan. Yerning meteorologik sunʼiy yoʻldoshlari s y. yordamida siklonlar oʻrganiladi. Kosmonavtlar ham Yerning ob-havosini kuzatishadi, bulutlar, qor va muzlik soqalari, daryo va okeanlar, choʻl va togʻlarning turli ranglardagi rasmlarini olishadi.


Lotin alifbosida maqola: YERNING METEOROLOGIK SUNʼIY YOʻLDOSHLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
ATMOSFERA
BULUT
Tushda bulut korsa nimani bildiradi
KOSMONAVTIKA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты