YERNING SUTKALIK AYLANISHI

YERNING SUTKALIK AYLANISHI — du-nyoning Shim. qutbidan qaraganda, Yerning oʻz oʻqi atrofida gʻarbdan sharqqa tomon yoki soat strelkasiga teskari aylanishi. Yerning sutkalik aylanishi natijasida kun bilan tun almashinadi; sutkaning uzunligi ham shunga bogʻliq. Yer bir maromda aylanmaydi; uni Oy va Quyosh tortishi tufayli sutkaning uzunligi har yuz yilda 1—2 s ga toʻxtovsiz ortib boradi, mavsumiy oʻzgarishlar (yogʻinlar va b.), tektonik jarayonlar va b. natijasida esa sutka uzunligi yil davomida 1—2 s atrofida oʻzgarib turadi. Yerning sutkalik aylanishida Yer oʻqining holati, binobarin, Yerning geogr. qutblari pretsessiya va nutatsiya natijasida oʻzgarib turadi.


Lotin alifbosida maqola: YERNING SUTKALIK AYLANISHI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
QUYOSH
PRETSESSIYA
VAQT
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты